Sanoat karxonalarida yopiq sistemali suv ta`minotini tashkil qilish.
Oqava suvlarning miqdorini kamaytirish va ular natijasida suv havzalarining ifloslanishining oldini olishning asosiy yo`nalashlardan biri bu yopiq sistemali suv ho`jaligini tashkil qilishdir.
Sanoat korxonasida yopiq sistemali xo`jaligini tashkil qilish deganimizda suv ishlab chiqarish jarayonida ko`p marta tozalanmasdan yoki ma`lum ishlovlar natijasida har xil chiqindilarni yo`qotish va suv xavzalarini oqava suvlarni yubormaslik tushiniladi.
Yopiq sistema texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan suvning ratsional ishlatishni, oqava suv tarkibidagi kompanentlarni maksimal rekuperatsiyalash, kanilol va eksplotattsiya mablag`larining sarfini kamaytirishni, ishchi va xizmatchilarning ishlashi uchun normol sanitoriya va gigiena sharoitlarini yaratib berishni va oqava suvlarning ifloslanishini oldini olishni ta`minlashi kerak.
Oqava suvlarni tozalash usullari.
Ishlab chiqarish jarayonida yopiq sistemali suv ta`minotini tashkil qilish uchun oqava suvlarni mexanik, ximik, fizik-ximik, biologik va termik usullarda ishlab chiqarishning turiga qarab ma`lum bir talab qilingan sifatigacha tozalanadi. Tozalash usullarining klossifikatsiyasi rasmda (II-3) ko`rsatilgan.
Yuqorida (rasmda) ko`rsatilgan tozalash usullari ikki turga bo`linib birinchisi rekuperatsiya usulida bo`lsa ikkinchisi destruktiv usuldir. Rekuperatsiya usulida oqava suvdagi mahsulotlar tozalab olinib ular qayta ishlashga jo`natiladi.
Destruktiv usulda esa suvni ifloslantirayotgan moddalar oksidlanish qaytarilish jarayonlari natijasida strukturasi buzilib, gaz yoki cho`kma xolatlarida suvdan chiqariladi.
Tozalash usulini tanlash va jarayonning konstruktiv ______ quyidagi faktorlar asosida tanlash kerak.
1.Sanitariya va texnologik talablar
2.Oqava suvning miqdori
3.Korxonaning zarasizlantirish jarayonida kerak bo`ladigan energetik va material resurslari (par, yoqilg`i, siqilgan havo, elektroenergik, reogentlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |