Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi
Zarasizlantirish jarayonining effektivligi
Download 130.5 Kb.
|
Gurunt suvlari va yer osti suvlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustki suvlar.
4.Zarasizlantirish jarayonining effektivligi.FOYDALANILGAN
Hozirgacha yer osti suvlarining umum qabul qilgan tasnifi yuq. Bu esa ularning har xil xossalariga, joylanish sharoitlariga bog’lik va xakozo. Yer osti suvlari bir necha belgilariga qarab guruxlarga bo’lish mumkin. Masalan xaroratiga ko’ra: sovuq (-10,-20 S), iliq (20...40o S) va issiq (40o S dan yuqori) suvlar; tuzligiga qarab: chuchuk (tuzsiz), sho’r suvlar va xokazo. Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashishiga, bosimning bor-yo’qligiga, yotish xolatiga, gidravlik belgisiga va ximiyaviy tarkibiga qarab ustki, grunt va qatlamlararo suvlarga bo’linadi. Bulardan tashqari yoriq, qarst, doimiy muzloq va shifobaxsh xususiyatiga ega bo’lgan mineral suvlar xam bo’ladi. bu suvlar ko’p xollarda sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ular bosimli yoki bosimsiz bo’lib, ba'zi uziga xos xususiyatlari bilan boshqa xildagi suvlardan ajralib turadi. Ustki suvlar. Atmosferadan tushayotgan qor va yomg’ir suvlarning aeratsiya zonasida linza ko’rinishida yoki o’zidan suv o’tkazmaydigan yupqa qatlamlar ustida to’planishidan ustki suvlar paydo bo’ladi. Ular yer yuziga yaqin joylashgan bo’lib, ularning tarqalish soxasi suv bilan ta'minlanish soxasiga mos keladi. Bu suvlarning qalinligi suv o’tkazmaydigan qatlam o’lchamiga bog’liq. Ularning o’lchami qancha katta bo’lsa, suv qalinligi xam shuncha katta bo’ladi. Ustki suvlar satxi suvning linza atrofidan oqishi bilan belgilanadi. Agar yuqoridan singayotgan suv xarakati uzoq davom etib suv satxini ko’tarsa, u xolda ustki suvlar pastda joylashgan grunt suvlarini tuyintiradi. Bu suvlarning o’ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, uning miqdori yil fasllari davomida keskin o’zgarib turadi. Baxor oylarida yomg’irning ko’p yog’ishi, qorlarning tez erishi natijasida suvli gorizontning qalinligi oshsa, yoz oylarida quyoshning qizdirishi, o’simliklarning o’zidan suvni bug’lantirishi ta'siri natijasida uning miqdori kamayib ketadi. Shuning uchun ular mavsumiy suv xisoblanadi. Ximiyaviy tarkibiga ko’ra ular chuchuk yoki sho’rroq, organik birikmalar bilan ifloslangan bo’ladi. Bu suvlar zaxirasining qamligi, organik birikmalarga boyligi, tarqalish maydonining chegaralanganligi sababli ulardan shaxar va qishloqlarni suv bilan ta'minlash maqsadida foydalanib bo’lmaydi. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling