Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi


Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlari


Download 130.5 Kb.
bet14/18
Sana19.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1603443
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Gurunt suvlari va yer osti suvlari

Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlari. Granit, diorit, qumtosh, oxaktosh va shular singari mustaxkam tog’ jinslari yoriqlari orasida xarakat qiladigan suvlar yoriqlarda joylashgan suvlar deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.
Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi. (4-rasm).
Karst suvlarining satxi va sarfi keskin o’zgarib turadi. Yer yuzasida karst bo’shliqlari ko’p bo’lsa, suvning yutilishi ko’payib va tezlashib ketadi. Natijada karst rayonlaridagi buloqlarning suv sarfi va suv toshqini yoki ko’p yomg’ir yog’ishi bilan tez ko’payadi va aksincha.

Yer ostida, tog` jinslarining bushliq va darzliklari orasida uchraydigan suvlar yer osti suvlaridir. Yer osti suvlarining geologik ishi juda katta, ular yer katlamlari orasidagi minerallarni, turli jinslarni eritadi, ularning tarkibini uzgartiradi va g`orlar hosil qiladi.


Yer osti suvlarining paydo bo`lishi, tarqalishi, harakati, miqdor va sifat uzgarishi bilan maxsus fan - gidrogeologiya fani shug`ullanadi. Geologiyaning bu kursida yer osti suvlarini yemiruvchi barpo etuvchi agent sifatida qarab chiqamiz.
Yer osti suvlari yog`inlarning yer pustidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib utishi, ya`ni infiltratsiya yuli bilan hosil bo`ladi. yer osti suvlari suv bug`larining sovib kuyuklashuvi, ya`ni kondyensatsi ya vositasi bilan ham paydo bo`ladi. yer osti suvlarining asosiy qismi atmosfera yoginlarining jinslar orasiga infiltratsiyasi natijasida hosil bo`ladi.
Yuvinel suvlar yer qatlamlari ostidagi magmadan ajraluvchi mineralli issiq suv bug`larining yer osti suviga aylanishidan hosil bo`ladi. yuvinel suv yerning chuqur qatlamlarida va tez-tez vulqan otilib turadigan o`lkalarda ko`p uchraydi. Yer osti suvlari tog` jinslari orasida har xil fizik va ximik holatda bo`ladi. Yer ostida yuvinel suvlardan tashqari qoldik va relikt suvlari ham mavjud. Bu yer osti suvlari qadimgi geologik davrlarda daryo, dengiz va kul suvlari chukindi jinslari orasida turib qolishidan hosil bo`ladi.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling