Yer osti suvlarining tasnifi


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1242638
1   2   3
Bog'liq
MMMS0915

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
62 
Основные 
понятия: 
гидрометрия, 
геология, 
подземные 
воды, 
поверхностные воды, водяной пар, водная завеса, капиллярная вода. 
Basic concepts: hydrometry, geology, groundwater, surface water, water vapor, 
water curtain, capillary water. 
Yer osti suvlari - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining 
boʻshliqlarida joylashgan suyuq, qattiq, bugʻ koʻrinishidagi suvlar hisoblanadi. 
Yer osti suvlarining sathi, harorati, kimyoviy tarkibi va minerallshuv 
darajasining vaqt boʻyicha oʻzgarishi umumiy nom bilan yer osti suvlarining 
rejimi deyiladi. Yer osti suvlarining rejimi xarakterlovchi elementlarining 
orasida eng tez oʻzgaruvchanlari uning sathi va haroratidir. Yer osti suvlari yer 
usti suvlaridan mineral tuzlarining tarkibi, suvlarining sovuqligi bilan ajralib 
turadi. Yer osti suvlarining paydo boʻlishida tabiat hodisalari ya’ni yomgʻir va 
qorlarning ahamiyati juda katta.
“Tabiatda Yer osti suvlarining paydo boʻlishi togʻ jinslarining turlariga, ularning 
tarkibiga, xossalar xususiyatlariga bogʻliq holda yuz beradi. Togʻ jinslari 
qatlamlariga mavjud yer osti suvlari maʼlum hajm va yoʻnalishidagi suv oqimi 
vujudga kelishiga qadar bir necha holatda boʻladi.
Yuzaga kelishiga koʻra yer osti suvlari atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish 
suvlarining yemirilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari 
qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion
choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib 
qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki yer 
mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Yer osti suvlarining yer 
yuziga tabiiy chiqishi buloq, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab 
chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi.
“Yer osti suvlarini maʼlum guruhlarga ajratishda, yaʼni tasniflashda ularning 
vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi togʻ jinslari qatlamlarida joylashgan 
yoki yotishi, joylashish sharoiti va holati, paydo boʻlish davri, harorati, fizik 
xossalari, tarkibidagi erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga 
olinadi. ”
Grunt suvlari. Yer yuzasi bilan suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suvlar 
hisoblanadi. Bu suvlar, odatda g’ovakli jins (qum, shag’al, lyoss) orasida ko'proq 
uchraydi. Bundan tashqari, qatlamli va serdarz jinslar orasida ham uchrab 
turadi. Grunt suvlarini o'tkazmaydigan qatlam ustida yana suv o'tkazmaydigan 
qatlam yoʻqligi uchun bu suv joylashgan qatlam bilan uni suv bilan ta’minlovchi 
qatlam birdir. Grunt suvlarining sathi yer betidan har xil chuqurlikda yotadi. Yer 
osti suvlarining suv bilan to'yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling