Yer posti va yerning ichki tuzilishi chizmasini ishlash va tahlil qilish. Mavzu rejasi: 1


Download 194.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi194.98 Kb.
#1005649
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot



1-AMALIY MASHG‘ULOT. YER POSTI VA YERNING ICHKI 
TUZILISHI CHIZMASINI ISHLASH VA TAHLIL QILISH. 
Mavzu rejasi: 
1Yer posti kartasi chizmasini ishlash 
2. Yerning ichki tuzilishi chizmasini ishlash 
3. Yer posti va Yerning ichki tuzilishi chizmasini tahlil qilish.
 
Maqsad: geologik va geomorfologik kartalar bilan tanishish va ular 
yordamida yer po‘sti tuzilishini taxlil qilish. 
Topshiriq: 1. Dunyoning geologik va geomorfologik karatlarining shartli 
belgilari va uning matnidan foydalanib, Yer po‘stining tuzilishi va Yer relyefining 
asosiy yirik tiplarining (geotektura, morfostruktura va morfoskulg‘ptura) kartada 
ko‘rsatilishi tamoyillari bilan tanishing (1-rasm). 
2. Dunyoning geologik kartasidan foydalanib turli davrlarga hos bo‘lgan 
yotqiziqlar va qatlamlarni taxlil qiling.
3. Dunyoning geomorfologik kartasidan qadimgi qalqonlar, qadimgi va yosh 
platformalar, turli yoshdagi burmalanish oblastlariga xos bo‘lgan megarelyef 
shakllarini aniqlang va ularning joylashishidagi qonuniyatlarni tushuntiring. 
4. Kartadan materik sayozligi, o‘tish zonasi va okean tagida keng tarqalgan 
morfostrukturalarni aniqlang. 
5. Kartadan quruqlikdagi va Dunyo okeani tagidagi morfoskulg‘ptura 
relyefining joylashishidagi asosiy qonuniyatlarni aniqlab, tushuntirib bering.
 
6. Tayanch iboralar va tushunchalarga tavsif bering. 
Materik va okeanik yer po‘stlari, geosinklinal va riftogen yer po‘stlari, 
quruqlik platformalari, qalqonlar, materiklarning harakatchan mintaqasi, yosh 
tog‘lar va qayta yoshargan tog‘lar, Alp-Himolay mintaqasi, materiklarning suv 
osti davomi, shelpf, materik yonbag‘ri, materik etagi, o‘tish zonasi, okean tagi,
o‘rtalik suv osti tog‘lari, seysmik mintaqalar. 


1-rasm 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Yer po‘sti qanday tiplarga ajratiladi? 
2. Yer yuzasining planetar relyef shakllarini ajratishda nima asos qilib 
olinadi? 
3. Qadimgi va yosh platformalar o‘rtasida qanday farqlar kuzatiladi? 
4. Yosh va qayta yashargan tog‘larning reloefi o‘rtasida qanday farqlar
mavjud? 
5. Materiklarning qaysi qismida qayta yashargan tog‘lar joylashgan? 
6. Materiklarning suv osti davomi qanday qismlarga ajratiladi va ularning 
relyefida qanday xususiyatlar kuzatiladi? 

Download 194.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling