Yer po'stini hosil qilgan tog' jinslari va ularning turlari. Reja


Download 30.33 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi30.33 Kb.
#1172454
  1   2
Bog'liq
yer po\'stlog\'i


Yer po'stini hosil qilgan tog' jinslari va ularning turlari.
Reja:

  1. Yer po'stini hosil qilgan tog' jinslar

  2. Yer po'stini hosil bo’lishida tog’ jinslarining o’rni

3. Tog' jinslari va ularning turlari

Yerpoʻsti — Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Ye. p.ning pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9— 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi)dj oʻtadi. Shu yuza bilan Ye.p. mantiyadan ajraladi. Ye. p.ning kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Ye. p.ning qalinligi tekisliklarda 35–45 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Ye. p.niki 5–10 km. Quruqlikda Ye. p. uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda "granit" (10–20 km), pastdagi "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)dan tashkil topgan. Okean osti Ye. p.da "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Ye. p.ning yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.


Okean osti Ye.p. 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1–2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4–8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor.
Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Ye. p. (8–25 km) joylashgan. Ye. p.da muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. Shunga binoan Ye. p. Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga boʻlingan. Ye. p.ning yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng . Ye. p.ning rivojlanishi Yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq boʻlsa kerak deb faraz qilinadi. Ye. p. izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: yaʼni Ye. p.ning qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq boʻlsa, u substratga chuqurroq choʻkkan boʻladi. Tektonik kuchlar Ye. p.ning izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Ye. p. yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Ye.p.ning geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol oʻynaydi.
Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlar. "Togʻ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798-yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda Togʻ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Togʻ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Togʻ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar (qarang Magmatik togʻ jinslari, Metamorfik togʻ jinslari, Choʻkindi togʻ jinslari). Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo Yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Togʻ jinslarining kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan. Asosan, silikatli minerallardan iborat magmatik Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab magmatik Togʻ jinslari nordon (65% dan ortiq), oʻta (55—65%) va asosli (50% dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam), lekin, magniy oksidiga boy — oʻta asosli jinslar buladi. Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Choʻkindi Togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differensiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha boʻlishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning koʻp miqdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Togʻ jinslari tarkibiga koʻra, choʻkindi (tub jins) jinslarga yeki magmatik jinslarga yaqin turadi, qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi. Togʻ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Togʻ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslari xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun Togʻ jinslarining xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Togʻ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Togʻ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik Togʻ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Togʻ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Togʻ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Togʻ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3gacha); choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Togʻ jinslarining issiklik sigʻimi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va boshqa birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. Togʻ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Togʻ jinslarining choʻzilishga chidash darajasi, issiklik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador Togʻ jinslarida mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador Togʻ jinslarida past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuksak (mas., nefritda 500 Mn/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va boshqalar)da sikilishga chidash darajasi past. Togʻ jinslari, odatda, issiklikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiklik utkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va boshqalar) boʻlgan jinslarda issiklik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining kupi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiklik (tra), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa Togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik va boshqa oshib boradi. Issiklik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, buglanishiga olib keladi, natijada Togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi Togʻ jinslarining elektromagnit va radiotulqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslarifoydali qazilma sifatida uziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geol. (jumladan, muxandislik geol.si) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.
Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan anikdanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, katlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiklar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va katlamlilari koʻp tarqalgan.
Metamorfik togʻ jinslarining tuzilishi. Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, tralar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristalloblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), leGʻshdoblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va boshqalar) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin.
Litosfera – Yerning qattiq qobig‘i. Yunoncha litos – tosh, sphaira – shar, ya'ni toshqobiq degan ma'noni anglatadi. Litosferaga Yer po‘sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi. Yer po‘sti uch qavat tog‘ jinslaridan iborat.
Cho‘kindi jinslar.
Birinchi qavatda asosan cho‘kindi jinslar bo‘ladi. Ular – quruqlikda va suvda jinslarning cho‘kib, o‘tirib qolishidan hosil bo‘ladi. Ular gil, ohaktosh, qum, qumtosh, bo‘r jinslari bo‘lib, qatlam-qatlam holda yotadi. Bu qatlamlar Yerning o‘tgan zamonlardagi tabiati yozilgan kitobga o‘xshaydi. Bu qatlamlarni o‘rganib, geologlar minglab, millionlab yillar davomida Yerda tabiat qanday bo‘lganini bilib olishadi.
Granit qatlam.
Bir parcha bo‘r yoki ohaktoshni mikroskop ostida ko‘rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig‘anog‘i va suyaklari ekanini bilib olasiz. Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi o‘simlik va jonivorlar hamda toshko‘mir va neft qoldiqlaridir.
Ikkinchi qavat granitdan iborat. Granit — magmatik tog‘ jinsi. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo‘lgan. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o‘xshatsa bo‘ladi. U sovib granitga aylanadi.
Otqindi jinslardir.
Granit qatlamidan pastda bazal't qatlam joylashgan. Bazal't chuqurdan chiqib kelgan. U granitdan og‘ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazal't otqindi jinslardir.
Yer po‘stining har xilligi.
Yer po‘sti materiklar va okean ostida bir xil emas. Materiklarda Yer po‘sti yuqorida ko‘rganimizdek uch qavat. Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya'ni faqat cho‘kindi jins qatlamlari va bazal'tdan iborat.
Yerning qattiq qobig‘i yaxlit bo‘lmay, alohida-alohida yirik bo‘laklardan- plitalardan iborat. Bu bo‘laklarni bir-biridan chuqur darzlar, yoriqlar ajratib turadi. Yer po‘sti bo‘laklari mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib turadi. Bir-biriga qarshi yo‘nalishda siljiyotgan plitalar to‘qnashgan joylarda Yer po‘sti bukilib, yoysimon orollarni, tog‘larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Bularga And tog‘lari, Yaponiya orollari, Mariana botig‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin (Ularni xaritadan toping).
Seysmik zonalar.
Litosfera plitalari bir-biridan ajralayotgan yoki to‘qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo‘ladi, tez-tez Yer qimirlab turadi. Ko‘pchilik so‘nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan. Bunday joylar minglab km ga cho‘zilgan yer qimirlash — seysmik (yunoncha seismos - tebranish) zonalarni hosil qiladi.
Endi «Litosfera plitalari» va «Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari» xaritalarini qiyoslab
Shunda eng ko‘p vulqonlar va yer qimirlaydigan joylar litosfera plitalari tutashgan joylarga to‘g‘ri kelishini bilib olasiz. Bulardan eng yiriklari: Tinch okean «olov» halqasi, Alp-Himolay seysmik zonasi.
Tog ‘jinslarimonominerallivapoliminerallibo‘ladi.Monomineralli 
log* jinslari bitta mineraldan tashkil topadi. Masalan, kvars tog‘ 
jinsi kvars mineralidan iborat. Polimineral tog' jinslari bir necha 
minerallardan iborat. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil 
lopgan: kvars, ortoklaz, slyuda, dala shpati.
Hosil bo‘lish sharoitiga qarab tog‘ jinslari uchta katta guruhga 
bo'linadi:
1. Magmatik yoki otqindi tog‘ jinslari, ular magmaning sovishi va 
qotishi natijasida hosil bo‘ladi.
2. Cho‘kindi jinslar ilgari paydo bo‘lgan har qanday tog‘ jinslami 
yemirilishi, maydalanishi va to ‘planishi hamda organizmlar faoliyati 
ta’sirida paydo bo‘ladi.
3. Metamorfik tog‘ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va 
bosim ostida jinslaming o ‘zgarishi tufayli hosil boiadi.

Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling