Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovcholari va soliq solish ob'ekti va stavkalari


Download 166 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi166 Kb.
#1547158
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar 1


Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovcholari va soliq solish ob'ekti va stavkalari.

Reja:




  1. Yer qaridan foydalanganda soliq solish zarurligi.

  2. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus tо‘lovlarni tо‘lovchilari, soliq solish obyekti.

  3. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus tо‘lovlar bо‘yicha imtiyozlar, soliq stavkalari va hisoblash tartibi.

  4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning joriy etilishi.

  5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza.

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bо‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari

  7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va tо‘lash tartibi

О‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa’ridan foydalanuvchilardir.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus tо‘lovlarni tо‘laydilar:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qо‘shimcha foyda solig‘i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchilar quyidagilardir:
yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar.

Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar rо‘yxati О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizasiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida о‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mо‘ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bо‘yicha alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
sanoat yо‘sinida dastlabki qayta ishlovdan о‘tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qо‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti bо‘lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bо‘yicha soliq solish obyektidir:
kavlab olingan (shu jumladan qо‘shilib chiqadigan) foydali qazilmalar;
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar.
Soliq tо‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda о‘zining xо‘jalik va rо‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti bо‘lmaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar rо‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun о‘rtacha olingan realizasiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.


Hisobot davri uchun о‘rtacha olingan realizasiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bо‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizasiya qilish hajmlarini (qо‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizasiya qilish hajmiga bо‘lish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizasiya qilinmagan bо‘lsa, soliq solinadigan baza realizasiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizasiya qilishning о‘rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizasiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq tо‘lovchi realizasiya qilish amalga oshirilgan о‘sha hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan о‘rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizasiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda о‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklarasiya qilinayotgan baholardan yuqori bо‘lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bо‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) о‘zining ishlab chiqarish yoki xо‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus tо‘lovlar stavkalari О‘zbekiston Respublikasi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga muvofiq 2010 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdorlari belgilangan.




Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling