Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovcholari va soliq solish ob'ekti va stavkalari


Download 166 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi166 Kb.
#1547158
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar 1

Soliq solinadigan obyekt nomi

Soliq stavkasi, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da

1. Asosiy va qо‘shimcha foydali qazilmalar kavlab olinishi uchun




Energiya manbalari:




Tabiiy gaz

30,0

Yer ostidan kavlab olingan gaz

2,6

Nostabil gaz kondensati

20,0

Neft

20,0

Kо‘mir

3,8

Rangli va noyob metallar:




Tozalangan mis

8,1

Molibdenli sanoat mahsuloti

1,3

Konsentratlangan qо‘rg‘oshin

1,3

Metall rux

1,3

Volfram konsentrati

10,4

Asl metallar:




Oltin

5,0

Kumush

8,0

Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xom ashyosi

24,0

Qora metallar:




Temir

3,9

Kon-kimyo xom ashyosi:




Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)

1,7

Kaliy tuzi

0,4

Natriy sulfat

0,4

Fosforitlar (grafitlarga)

4,8

Karbonat xom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)

3,3

Glaukonit

3,3

Mineral pigmentlar

4,8

Kon-ruda xom ashyosi:




Plavik shpatli konsentrat

21,2

Tabiiy grafit

7,8

Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin

7,9

Kvars-dala shpati xom ashyosi

6,5

Shisha xom ashyosi

1,8

Bentonitli loy

4,8

Talk va talk toshi

3,9

Talkomagnezit

3,9

Mineral bо‘yoqlar

5,7

Vollostanit

3,9

Asbest

3,9

Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt

2,3

Barit konsentrati

2,0

Metallurgiya uchun noruda xom ashyo:




О‘tga chidamli, qiyin eruvchan, qoliplash gilmoyasi

3,3

Ohaktoshlar, dolomitlar

3,9

Kvars va kvarsitlar

6,5

Qoliplash qumlari

1,8

Noruda qurilish materiallari:




Sement xom ashyosi

2,0

Tabiiy bezaktoshdan bloklar

1,8

Marmar ushog‘i

3,8

Gips toshi, ganch

5,3

Keramzit xom ashyosi

3,0

о‘isht-cherepisa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, zichlovchi sifatida lyosslar, qumlar va boshqalar)

3,1

Gips va angidrit

3,8

Arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar

3,8

Qurilish qumlari

3,0

Tosh-shag‘al aralashmasi, shag‘al aralashmasi, mayda toshlar, shag‘al

3,8

Qumtoshlar

1,6

Chig‘anoq

3,8

Slaneslar

3,8

Agloporit

2,5

Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)

1,6

2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilma boyligini kavlab olganlik uchun stavkadan 30%

Kalendar yil soliq davridir.


Hisobot davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tо‘lovchilar uchun - bir oy;
jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tо‘lovchilar tomonidan - har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
jismoniy shaxslar tomonidan - yilda bir marta, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.


QО‘SHIMCHA FOYDA SOLIG‘I
Qо‘shimcha foyda solig‘i tо‘lovchilar quyidagilardir:
ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Ayrim turdagi mahsulotlar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan yuqorida kо‘rsatilmagan boshqa shaxslar qо‘shimcha foyda solig‘i tо‘lovchisi etib belgilanishi mumkin.
Mahsulot taqsimotiga oid bitim bо‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar qо‘shimcha foyda solig‘ini tо‘lovchilar bо‘lmaydi.
Realizasiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qо‘shimcha foyda) qо‘shimcha foyda solig‘ini solish obyektidir.
Qо‘shimcha foyda summasi bilan qо‘shimcha foyda qismiga tо‘g‘ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy tо‘lovlar summasi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qо‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
Qо‘shimcha foyda solig‘i solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari rо‘yxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda tо‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
BONUSLAR
Bonus yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik tо‘lovdir.
Yer qa’ridan foydalanuvchi quyidagi turdagi bonuslarni tо‘laydi:
imzoli bonus;
tijoratbop topilma bonusi.
Davlat boshqaruvi organlari bonuslar tо‘lamaydi.


Imzoli bonus
Imzoli bonus yer qa’ridan foydalanuvchining tegishli lisenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish bо‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat’iy belgilangan tо‘lovdir.
Imzoli bonus lisenziya olingan kundan e’tiboran soliq tо‘lovchi tomonidan о‘ttiz kundan kechiktirmay byudjetga tо‘lanadi va bu haqda soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling