Yer qaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovcholari va soliq solish ob'ekti va stavkalari


Download 166 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi166 Kb.
#1547158
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar 1

Tijoratbop topilma bonusi
Tijoratbop topilma bonusi tegishli lisenziyada ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni ko‘paytirishga olib keluvchi konlarni qo‘shimcha qidirish o‘tkazish chog‘idagi foydali qazilmalar topilmasi uchun to‘lanadigan to‘lovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon bo‘yicha tijoratbop topilma bonusi to‘lanmagan bo‘lsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olgan yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ham to‘lanadi. (O‘zR 30.12.2009 y. O‘RQ-241-son Qonuni tahriridagi qism)
Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish o‘tkazishda tijoratbop topilma bonusi to‘lanmaydi.
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obektidir.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati vakolatli davlat organi belgilagan axborot manbalarining ma’lumotlariga kо‘ra xalqaro birjada belgilangan birja bahosi bо‘yicha hisoblab chiqiladi. Jahon bozorida narx mavjud bо‘lmagan taqdirda, qazib olinadigan foydali qazilmalarning qiymati vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Tijoratbop topilma bonusi soliq solinadigan bazadan va bonusning belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga vakolatli davlat organi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlagan kundan e’tiboran yigirma besh kundan kechiktirmay soliq tо‘lovchi tomonidan taqdim etiladi.
Tijoratbop topilma bonusini tо‘lash vakolatli davlat organi foydali qazilmalar zaxiralarining kondan qazib olinadigan hajmini tasdiqlagan kundan e’tiboran tо‘qson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lovchilar О‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar - О‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat о‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchidir.
Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lovchilar bо‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari bо‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchi bо‘ladi;
Soliq kodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyektidir.
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, kо‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv о‘lchagich asboblarining kо‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan о‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning tо‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq tо‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bо‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq tо‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Soliq tо‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bо‘yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun о‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq tо‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib kо‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq tо‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bо‘lsa, о‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘laydi.
Yagona yer solig‘i tо‘lovchilari bо‘lmagan qishloq xо‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xо‘jalik bо‘yicha о‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza ushbu moddaning tо‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga muvofiq 2010 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagi jadvaldagi miqdorlarda belgilangan (jadval):

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling