Yer resurslarini boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari
Download 47.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqYer resurslarini boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy
Yer resurslarini boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari Boshqaruv munosabatlarining turlari har qanday yer munosabatlarini boshqarish singari, muayyan tizim doirasida shakllanadi. U hodisalar, predmetlar, unsurlarning bir-biri bilan qonuniy bog‘langan, ob’ektiv birligini ifodalaydi. Ta’kidlagandek, boshqarish tizimi – bu bir-biri bilan bog‘lagan birlikni va o‘zaro munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar yig‘indisidir. Harakat o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmay, balki boshqa tizim va unsurlar ta’sirida yuzaga keladi. U mavjud tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitni tashkil etadi. Yer munosabatlarini boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Yer munosabatlarini boshqarish mexanizmi stixiyali va ongli xarakterda bo‘lishi mumkin. Stixiyali mexanizm avtomatik tarzda shakllanadi va bu jarayonda davlatning aralashuvi talab qilinmaydi. Boshqarishning ongli mexanizmida esa davlat ijtimoiy institutlari boshqarish sub’ektlarining rivojlanish jarayonini va ilmiy asoslangan qonuniyatlarni hisobga olish orqali yer munosabatlarini boshqaradi. Yer resurslarini boshqarish – bu yer resurslariga jamiyat va davlatning yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam, ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishidir. Yer munosabatlarining ob’ekti yer resurslaridir. Yer resurslarini boshqarish esa ulardan foydalanishni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi kerak. Yer resurslarini boshqarishda quyidagi yo‘nalishlar mavjud: Siyosiy-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarini bajarilishini ta’minlashidir. Ma’muriy boshqarish esa yer resurslarini boshqarish omilkorligini aniqlash, o‘zaro muvofiqlashtirilgan vazifalarni va ularni bajarishni tashkil etish, davlat boshqaruvi va mahalliy organlar tizimini shakllantirish; Huquqiy - qonuniy hujjatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida yerni saqlash va oqilona foydalanish; Ilmiylik - fan-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlarni hisobga olib yer resurslarini boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; Download 47.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling