Yer sharining floristik oblastlari
Download 24.83 Kb.
|
YER SHARINING FLORISTIK OBLASTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAP FLORISTIK OBLASTI.
AVSTRALIYa OBLASTI.
Bu oblast Avstraliya materigi va Tasmaniya orolini o’z ichiga oladi. Oblastda 12049 tur yuksak o’simlik bo’lib, shundan 75% endemikdir. Bu yerda faqatgina endemik akasiyani 486 turi va Evkaliptni 342 turi o’sadi. Evkaliptlarni bo’yi to 150 m- gacha bo’lib ulardan xo’jalik eќtiyojlari uchun smola olinadi. Akasiyalarni bargi yaxshi rivojlangan, bandi yassi shaklda bo’ladi. Shuning uchun fillodiy akasiyasi deyiladi. Avstraliya oblasti florasida kazuarindoshlar va 720 turdan iborat bo’lgan proteydoshlar oilalari muќim o’rin tutadi. Proteyalarni bir xil turlari Yevropadagi dub va qayinga o’xshaydi. Avstraliya florasidagi sefalotadoshlar, tremendradoshlar, gudeniyadoshlar oilalari ќam endemik oilalardir. Ularning ќammasi Avstraliya flora elementlarini tashkil qiladi. Uchlamchi davrda Avstraliya ikki marta Malaziya podoblasti (Ќindi-Xitoy) bilan birlashgan va yana ajrashgan. Shuning uchun Avstraliyada Malaziya podoblasti florasini ba’zi vakillari uchraydi. Avstraliya floristik oblasti uchta podoblastiga: Shimoliy Sharqiy, Eremen (markaziy) va Janubiy G’arbiy Avstraliya podoblastlariga bo’linadi. KAP FLORISTIK OBLASTI. Bu oblast janubiy g’arbiy Afrikani kichik bir qismini o’z ichiga oladi. Bu oblast uchun daraxt turlarini kabag’alligi xarakterlidir. Keng tarqalgan o’simliklar troteydoshlar (262 tur), vereskdoshlar (460 tur), restionadoshlar (80 tur), amariliskdoshlar (80 tur) va savsarguldoshlar (161 tur) ќisoblanadi. Bulardan tashqari orxisguldoshlar, terebintadoshlar, kislisadoshlar, rutadoshlar, boshoqdoshlar, qiyoqdoshlar, murakkabguldoshlilar oilalarini vakillari keng tarqalgan. Kap oblastida shuningdek pelargoniya, protea, kap ituzumi, nosorog daraxti, podokarpus, kalitriks daraxtsimon paparotniklar o’sadi. Bu yerda gollartik flora vakillaridan qichitqi (krapiva), sutpechak, xoxlatka, ayiqtovon, binafsha, na’matak, keleriya va chalov o’sadi. Kap oblastining shimoliy qismidagi Karru cho’li uchun akasiya, sukulent (bargi qalin) o’simliklar va yovvoi tarvuz va 300 turdan iborat mezembriantimum xaraterlidir. Mezemtriantimum o’simliklarini ayrim turi toshga o’xshash ko’rinishga ega bo’lib o’sadi va shu bilan o’zini dushmandan saqlab qoladi. Kap oblastida 1000 yaqin manzarali o’simlik o’sadi. Kap oblasti bog’larda va parniklarda yetishtriladigan ko’p o’simliklar turini vatanidir. Bularga veresklar, geranlar deb ataladigan pelargoniyani ќar xil turi, chiroyli gul ochadigan lileylilar (lola, giasint), narsiss (amarilisdoshlar) va gladioluslar (irisdoshlar) misol bo’la oladi. Download 24.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling