Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir. Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir


Download 340.11 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi340.11 Kb.
#1317631
Bog'liq
Taqdimot

Denov tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yoʻnalishi 4bb-20 guruh talabasi Yodgorov Boburning soliq va soliqqa tortish fanidan “Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir.

Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir.

  • Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi.
  • Yer solig’i to’lovchilar
  • Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi.

Yer solig’i obyekti Soliq solish obyekti bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish xuquqi foydalanish huquqi yoki ijara xuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari hisoblanadi. Aholii punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari yeki uning madaniy-maishiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan hamda zaxira yerlar Soliq solish obyekti sifatida karalmaydi.

Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar

  • Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.

Yer solig’idan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:

1) madaniyat, ta’lim, soglikni saklash, aholini ijtimoiy muxofaza qilish muassasalari;

2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil kilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno.

  • 3) Yangi tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga;

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari

Soliq kodeksining 282-moddasiga ko’ra Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi lar kiradi:

1) bog’dorchilik, o’zumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo’llari, sugorish ariklari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;

2) muhofaza etiladigan tabiiy xududlarning yerlari, bundan xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno;

  • 3) sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar. Profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun kulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan yer uchastkalari;

Yer solig’i stavkalari

Yer solig’i stavkalari

  • Yuridik shaxslardan olinadigan Yer solig’i stavkalari Prezident Qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tuprok sifatini (bonitetini) hisobga olgan holda belgilanadi. Yer resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun Soliq stavkasi 2009 yilga nisbatan 2010 yilda 1,15 barovarga indeksasiya kilindi, ya’ni 15 foizga oshirildi. 2010 yil uchun belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalarining guruhlanishini quyidagi ma’lumotlardan kurish mumkin:
  • Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko’paygan (kamaygan) yoki yer solig’i bo’yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat Soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib kuyilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.

Eʼtiboringiz uchun rahmat
Download 340.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling