Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet4/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Geoxronologiya shkalasi
Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot.
Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslanganGeologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qatlamlar yo‘nalishining ummiy ketma,ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini oldi. Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iyerarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma,bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va,fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan.
Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling