Yer uzining asosiy relyef shakllari Rеlyеf hosil qiluvchi omillar Gipsografik egri chiziq


Download 27.11 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1504908
1   2
Bog'liq
Aytimbetova G. Mustaqil ish

Rеlyеf hosil qiluvchi omillar.

Quruqlik relyefining asosiy relyef shakllari tog‘lar va tekisliklar hisoblanadi. Tog‘ deb, Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismlariga aytiladi. Tog‘laming asosiy qismlari quyidagilardan iborat: yonbag‘ir, cho‘qqi, tog‘ etagi, tog‘ qirrasi, dovonlar, tog‘ yo`laklari. Tog‘ni har tomondan o‘rab turgan qiya yuzaga yonbag‘ir deb ataladi. Yonbag‘imi tekislikka o‘tish qismiga tog‘ etagi deb ataladi. Tog‘ qirralarini pasaygan qismlari dovon deb ataladi, tog`larni chuqur o‘yilgan qismlari tog‘ yo'laklari deb ataladi. Ikkita qarama-qarshi yonbag‘irIaming kesishgan joyi tog ‘ qirrasi deb ataladi. Tog`lar balandligiga ko‘ra uch guruhga bo`linadi: past (1000 m gacha), o‘rtacha balandikdagi (1000-2000m) va baland (2000 m dan yuqori) tog`lar.


Tog`lar joylanishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo`linadi: tog`li o‘lka, tog‘ massivi, tog‘ tuguni, tog‘ zanjiri, yassi tog‘, tog`lik, burmali tog`lar, burmali-palaxsali tog`lar, vulqon tog`lari.
Tog‘li о‘lkalar - Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismi. Bir necha ming km.ga cho‘zilib ketadi.
Tog' massivlari – tog`li o`lkalarning alohida ajralib qolgan (tog‘ vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil uzunlikka va kenglikka ega bo`ladi (Monblan, Mongoliya va h.k).
Tog‘ tuguni - ikki va undan ortiq tizmalaming kesishgan joyi (Pomir, Arman tog`ligi).
Tog‘ zanjiri - uzun cho‘zilgan balandlik, burmalanish zonasining yo‘nalishi bo‘yicha juda katta masofaga cho‘ziladi. Har bir tog‘ zanjiri boshqasi bilan tog‘ vodiysi bilan ajralib turadi.
Tog‘ qirrasi - tog‘ yonbag‘ irlarining kesishgan joyi.
Yassi tog' - nisbatan bir xil yuzaga ega bo`lgan ulkan maydonlar. (Afrika, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Markaziy Osiyo va h.k).
Tog'liklar - tog‘ tizmalari va yassi tog`lardan iborat bo`lgan keng hududlar (Eron, Tibet, Katta Havza).
Burmali tog ‘lar - geosinklinallar o‘rnida alp burmalanishida hosil bo`lgan, katta balandlik bilan ajralib turadigan tog`lar.
Yer yuzasida relyefni tarqalishining asosiy qonuniyatlari gipsografik egri chiziq orqali yaqqol tasvirlandi. Gipsografik egri chiziq deb, to‘g‘ri burchakli koordinatalarda tuzilgan, Yer yuzasida turli xil balandlik va chuqurliklaming tarqalishini ko‘rsatadigan chizmaga aytiladi. Gipsografik egri chiziqning bo‘ylama o‘qida balandlik va chuqurliklar, ko‘ndalang o‘qida esa mazkur chuqurlik va baland- liklarga to‘g‘ri keladigan maydon berilgan. Mazkur gipsografik egri chiziqni tahlil qilganda quyidagilar kelib chiqadi:
- gipsografik egri chiziqda ikkita tik qism ajralib turadi. Ulaming maydoni juda kichik. Yuqori qismdagi tik qism materik (qumqlik) yer po‘stiga mos keladi uning yuqori qismi Yer yuzasidagi eng baland nuqta bo‘lgan Jomolungma cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. Pastki qismdagi tik qism okean yer po‘stiga mos keladi, uning quyi qismi Yer yuzasidagi eng chuqur cho‘kma - Mariana botig‘iga to‘g‘ri keladi;
- gipsografik egri chiziqda bundan tashqari ikkita yotiq qism ham ajratiladi. Uning yuqori qismi quruqlikning o‘rtacha balandligiga (870 m), pastkisi esa okeanning o‘rtacha chuqurligiga to‘g‘ri keladi (3704 m.) Uning maydoni yer yuzasining 50% ni tashkil qiladi;
- bundan tashqari egri chiziqda Qiya pastlama qism ham ajralib turadi. U quruqlik yer po‘stidan okean po‘stiga o'tiladigan o‘tkinchi yer po‘sti turiga mos keladi. Yer yuzasining 10% maydonini egallagan materik sayozligi (shelf) va materik yonbag‘ri mazkur hududda joylashgan.
Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling