Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi


Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar


Download 40.15 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi40.15 Kb.
#1036018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab
chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik
moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan bir qancha
guruh birikmalardan iborat:
Aminoglikozidlar - bu guruh aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog’i bor
moddalardir: streptomisin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.allagrisiolus
lar ishlab chiqaradigan neomisinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamisinlar;
Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomisinlar; Micromonospora livacsterospora
sintezlaydigan fortimisin; va boshqa bir qancha moddalar.
Tetrasiklinlar- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces cureofociens hosil qiladi;
Str.rimosus kulturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.cureofacins ning ma’lum shtammlari ishlab
chiqaradigan tetrasiklin va boshqa kimyoviy yo’l bilan modifikasiya qilingan yangi antibiotiklar:
metasiklin (randomisin) va doksisiklin minosiklinlardir. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi
natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha
mikroorganizmlarni o’sishini to’xtatish qobiliyatiga ega.
Aktinomisinlar - antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh kimyoviy
tuzilishi jahatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur aktinomisetlar hosil qiladigan moddalar, shular
qatorida Streptomyces antibioticus, Str.chrysomallus, Str.flavus lardir. Aktinomisinlar kimyoviy
tuzilishi bo’yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo’lgan fenosizin
xromofor guruhli va ikkita polipeptiddan iborat. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi,
buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo’qotishga olib keladi. Aktinomisinlarning xilmaxilligi
polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog’liq. Bu
guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak hosil qiluvchi
hujayralar rivojini to’xtatish qobiliyatiga egaligidir.

Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling