Yerga ulovchi qurilmalar. Reja
Yerga ulovchi o`tkazgichlar
Download 23.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqYerga ulovchi qurilmalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Yerga ulovchi o`tkazgichlar.
Yerga ulovchi o`tkazgichlar sifatida yerga ulanish kerak bo`lgan qismlarni yer bilan bog`lash uchun qoida buyicha po`lat polosalar va yumalok yuzali pulatlar qo`llaniladi. 1000 V dan yuqori kuchlanishlarda elektr qurilmalar effektli yerga ulangan bo`ladi va ularda ruxsat etilgan katta tok oqib yerga o`tganda termik chidamliligi aniqlanadi. Bunda o`tkazgichni qisqa vaqtda qizish releli himoyani ta'siri vaqtiga mos ravishda tula o`chgincha o`chirgichni temperaturasi 400 S oshmasligi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishlarda izolyatsiya qilingan neytrallar qarshiligi faza o`tkazgichini 1/3 o`tkazuvchanlikdan kam bo`lmasligi kerak. Yerga ulanuvchi jixozlarga nisbatan yerga ulagichlarni joylashtirilish joyiga qarab chiqarilgan va konturli turlarga bo`linadi. Chiqarilgan yerga ulovchi qurilmalar yerga ulagichlar maydon chegarasida chiqarilgan bo`lib, yoki maydonning bir chekkasiga umumlashtirilgan. Shuning uchun bu chiqarilgan yerga ulagichlar bir joyga umumlashtirilgan deb ataladi. Bu yerga ulagichni kamchiligi himoya kilinuvchi ob'yektdan yerga ulagichni o`zoqlashtirilganligidir. Shuning uchun himoya territoriyasi qismida tegish koeffitsenti. Shu kamchiligi bilan kuchlanishi 1000 V gacha va yerga qisqa toki yoki kichiq bo`lganda ya'ni yerga ulagichni potentsiali tegish kuchlanishini ruxsat etilgan kiymatidan oshmaganda qo`llaniladi. Avzallik tomoni esa gruntni qarshiligi kichiq bo`lgan joyga elektrodlarni joylashtirishni tanlashni mumkinligidir. Kontur yerga ulovchi qurilmalar elektrodlar va ularni yerga ulagichlari kontur bo`yicha joylashgan bo`lib, yerga ulanishi kerak bo`lgan jixozlar joylashgan maydon ichida joylashtirilishni xarakterlaydi. 4.Ximoyaviy zaminlash qurilmasini nazorat qilish. Ximoyaviy zaminlagich qurilmasi ishga tushirilishidan oldin "qoidalar"da ko’rsatilgan vaqt ichida nazorat qilinadi. Nazorat ikki turdan : tashqi ko’rik o’tqazish va zaminlagichlar qarshiligini o’lchashdan iborat. Tashqi ko’rik zaminlagichlarning qarshiligini o’lchamasdan turib kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan.Ushbu nazoratda zaminlagichlarni ulovchi simlarning butunligi va ulangan kontaktlarning maxkam biriktirilgani tekshiriladi. SHu sababli,ulovchi simlar va ularning ulangan joylari (kontaktlari) ko’zga ko’rinadigan,qulay joylarda joylashishi kerak. Zaminlagichlarni tok oqishiga qarshiligini o’lchash xar xil usullar bilan bajarilishi mumkin.Keng tarqalgan usul-ampermetr va volьtmetr usuli bo’lib,o’lchash uchun manba (transformator T),ampermetr (RA), voltmetr(RV), yordamchi (YO) va zond(Z) metal qoziqlardan foydalaniladi(4.3-rasm).O’lchayotgan zaminlagichga nisbatan yordamchi va zond qoziqlarni joylashishi 4.5-jadvalda keltirilgan. O’lchanayotgan zaminlagich qarshiligi o’lchov asboblarning ko’rsatgan qiymatlari orqali aniqlanadi Rz = U/I, Om . O’lchov aniqligi yetarli aniq bo’lishi uchun manba kuchlanishi ijozatli katta bo’lishi,volьtmetrning ichki qarshiligi xam iloji boricha katta bo’lishi kerak. Zaminlagichlar qarshiligini o’lchash uchun maxsus o’lchov asboblari xam qo’llanadi.Ushbu o’lchash asboblari orasidan keng tarqalgani MS-08 o’lchash asbobi bo’lib, unda logometr usuli qo’llangan ( 4.4- rasm). Ushbu o’lchov asbobida ampermetr va volьtmetr vazifasini bajaruvchi tok va kuchlanish chulg’amlari bo’lgan logometr qo’llangan. O’zgarmas tok Manbasi generatordan (1) chiqayotgan tok I, mexanik to’g’rilagich (2) orqali o’zgaruvchan tokga (I2) aylantiriladi.Ushbu tok yordamchi qoziq (YO) va o’lchanayotgan zaminlagich orqali oqib mexanik to’g’rilagichga (2) qaytadi va to’g’rilanib logometrning tok chulg’ami orqali generatorning (-)qutbiga qaytadi. O’lchanayotgan zaminlagich bilan yer oralig’idagi kuchlanish zond (Z) or- qali o’lchanadi va mexanik to’g’riligich (3) orqali o’zgartirilib logometrning kuchlanish chulg’amiga uzatiladi.Tok va kuchlanish cho’lg’amlarining o’zaro munosabati logometr shkalasidagi qarshilikni ko’rsatadi.SHunday qilib,zaminlagichlar orqali o’zgaruvchan,logometr chulg’amlarida esa o’zgarmas tok oqadi va natijada o’lchash o’zgaruvchan manba ishtirokida bajariladi. 4.5-rasmda kompensatsion usulda o’lchaydigan,konchilik korxonalarining elektr tarmoqlarida keng qo’llanadigan - M-1103 o’lchov asbobining sxemasi keltirilgan. O’lchash manbai sifatida o’zgarmas tok generatori qo’llangan va ushbu generator qo’l kuchi bilan aylantiriladi. O’lchov asbobida kompensatsion usul qo’llangani uchun, o’lchaniyotgan zaminlagich qarshiligi Rx, R1 potentsiometrdagi kuchlanish bilan taqqoslanadi. O’lchov toki quyidagi zanjir or- qali oqadi: generator (+) qutbi - transformator T1 ning birlamchi chul- g’ami - o’lchanayotgan qarshilik Rx - yordamchi zaminlagich - generatorning (-) qutbi. T1 transformatorning ikkilamchi chulg’amiga (transformatsiyalash koeffitsienti 1) yuqori aniqlikga ega bulgan potentsiometr R1 ulangan.SHu sababli,R1dan oqayotgan tok Rx dagi tokga teng bo’ladi.Potentsiometr kontaktini surib o’lchash asbobi (indikator) mili nulga olib kelinsa,potentsiometrning qarshiligi o’lchanaayotgan zaminlagich qarshiligiga teng bo’ladi.O’lchash asbobda "Tekshirish" va "Nazorat" xolatlari bor. Zaminlagichlardagi ulovchi simlarning qarshiligini o’lchash uchun kichik qarshiliklarni o’lchashga mo’ljallangan xar qanday ommetrlardan foydalanish mumkin.Ushbu o’lchovni bajarish uchun M-372 turidagi maxsus om metrdan foydalaniladi. 1000 V dan kichik kuchlanishli elektr tarmoqlarda t ye g i b k ye t i sh k u ch l a n i sh q i y m a t i n i bevosita o’lchash mumkin (4.6-rasm).Odam oyog’ining yuzasi va uni vazni 35x35sm ko’rsatkichli 70-80 kg og’irlikdagi metal taxtacha (1) bilan almashtiriladi va volьtmetr or- qali elektr uskuna qobig’iga ulanadi. Volьtmetrga parallel ulangan shunt (Rsh) yordamida odam organizmining qarshiligi (1000 Om) o’rnatiladi.SHuntning qarshiligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin Rsh = (Rv * Ro)/(Rv - Ro), Om. Bu yerda: Ro - odam organizmining qarshiligi (R-1000 Om); Rv - volьtmetrning ichki qarshiligi, Om. Z a m i n l a g i ch o’ r n a t i l a d i g a n g r u n t n i n g s o l i sh t i r m a qarshiligini o’lchash uchun to’rt qoziqli usul qo’llanadi (4.7-rasm ). qoziqlar temir tayoqchalar ko’rinishida bo’lib,diametri 50 mm, uzunligi 2.5 m ni tashkil qiladi va yerga qoqiladi.qlchash MS-08 asbobi bilan bajariladi va gruntning solishtirma qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi r = 2p *a*R, Om*m Bu yerda: R - o’lchov asbobining ko’rsatgan qiymati (om) va a - qoziqlar orasidagi masofa (m).qoziqlarni o’lchash asbobiga ulash 4.7-rasmda keltirilgan Adabiyotlar: Dolin P.A. «Osnovi texniki bezopasnosti v elektroustanovkax». Energiya, 1979g «Elektr qurilmalariga xizmat ko`rsatishda ekspluatatsiya qilish qoidalari va xavfsizlik texnikasi qoidalari» Toshkent, 2004 y. 3.K.Z. Ushakov. Oxrana truda. Uchebnik. M. : Nedra, 1986. 623 s. 4.K.Z. Ushakov. Bezopasnost’ vedeniya gornix rabot i gornospasatel’noe delo. Uchebnik. M. MGGU 2002. 487 s. Download 23.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling