Yerning ichki energiyasi bilan bog’liq -endogen


Download 85.97 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi85.97 Kb.
#1509385
  1   2   3
Bog'liq
Kirish


Kirish
Mineral - tabiiy fizikaviy-kimyoviy jarayonlar mahsulidir. Energiya manbai bo’yicha minerallar paydo bo’lish jarayonlari uchta yirik guruhga ajratiladi:

  1. Yerning ichki energiyasi bilan bog’liq -endogen;

  2. Quyosh energiyasi bilan bog’liq -ekzogen;

V. metamorfik jarayonlar bilan bog’liq -metamorfik.

  1. Endogen (chuqurlikdagi) jarayonlar Yer qobig’ida sodir bo’lib, ular magmatik faoliyat bilan bog’langan. Magmaning sovib, kristallanib qotish jarayonlari turli magmatik tog’ jinslarining hosil bo’lishiga olib keladi, magmadan ajralib chiquvchi gazli va suvli eritmalar tegishli sharoitlarda, masalan, yoriqlarda, bo’shliqlarda mineral ko’rinishida tabiiy jinslar xosil qiladi (minerallar namunalari).

Endogen jarayonlar magma faoliyati bilan uzviy bog’liq. Ularning quyidagi turlari mavjud:

  1. sof magmatik;

  2. pegmatit;

v) pnevmotolit;
g) gidrotermal;

  1. Minerallar paydo bo’lishining sof magmatik jarayonlariga bevosita magma kristallanganida hosil bo’ladigan minerallar kiradi. Aynan shu tarzda magmatik tog’ jinslarini tashkil qiluvchi barcha minerallar hosil bo’ladi. Masalan, tog’ jinsi granit minerallar: dala shpatlari, kvartslar va slyudlardan iborat.

Granitning ikkilamchi darajali (aktsessor) minerallari - apatit, tsirkon, ortit va boshqalar ham magmatik kelib chiqishga mansub. Ko’pgina muhim minerallar - apatit, olmos, platina, hamda xrom, nikelb, mis, temir rudalari magmatik kelib chiqishga ega.

  1. Pegmatit jarayonlar. Granitli magma kristallanganda nodir, nodir Yer elementlar va uchuvchan moddalarning birlashuviga - mineralizatorlarga boy bo’lgan silikat qoldiqli yeritma hosil bo’ladi. Ushbu silikatli yeritma atrof tog’ jinslariga singdiriladi, ulardagi yoriqlar va bo’shliqni to’ldirgan holda kristallanib, tomirsimon yirik kristall jinslar - pegmatitlarni hosil qiladi.

Pegmatitlar turli minerallarga boy. Asosiy tog’ jinslari hosil qiluvchi minerallar - mikroklin, plagioklazlar, kvartslar va biotitdan tashqari - ko’pincha turmalinlar, berill, spodumen, lepidolit, tantalit, kolumbit, nodir Yer minerallari va boshqalar ham uchrab turadi. (Plakat. Pegmatit tomirlari. Kvarts va boshqa minerallarning namunalari).Bunday pegmatit tomirlarini uzunligi bir necha kilometr va qalinligi bir necha o’nmetrga etadi .Pegmatit
minerallari katta o’lchamlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tarkibida litiy mavjud bo’lgan spodumen kristallari ba’zan uzunligi 14 metrga boradi (AQSH). Tutunsimon rangdagi kvarts kristallari 4 t. bo’lishi mumkin (Braziliya). Madagaskar pegmatitlarida topilgan byerill kristallari 18 m. uzunlikka va 300t. og’irlikka ega bo’lganligi aniqlangan.
Pegmatitli jarayon asosiy mineral hosil qiluvchi jarayonlardan biri bo’lib, pegmatitlar- slyudlar, muskovitlar, nodir metallar - litiy va kyeramik xomashyo manbai hisoblanadi.
v) Pnevmatolit jarayoni (“pnevma”- grek tilida “gaz” ma’nosini bildiradi).
Pnevmatoliz - bu magmaning gaz fazasidan minerallar hosil bo’lish jarayoni. Magmaning kristallanishida ba’zi bosqichlarda alohida gazlar ajralib chiqishi mumkin. Yoriqlar bo’ylab,yuqori va yon tomonlarga ko’tarila borishi bilan ushbu gazlar soviydi va atrof tog’ jinslariga ta’sir ko’rsatib o’z tarkibini boyitadi va buning natijasida minerallar kristallari hosil bo’ladi.
Pnevmatoliz mahsulotlari - pnevmatolitlar Vulqonik va chuqurlikdagi pnevmatolitlarga bo’linadi.
Vulqonik pnevmatolitlar Yerning ustida yoki ustki qismiga yaqin joydagi magmadan ajralib chiqadigan gazlar hisobiga Vulqonlar faoliyati mavjud bo’lgano’lkalarda hosil bo’ladi. Katta miqdordagi Vulqonik gazlar Vulqonlarning og’zi va kratyerlar atrofidagi yoriqlar orqali atmosferaga tarqaladi. Vulqon otilib chiqishida suv N2O bug’lari, NSl, H2S, SO2, CO2, CO, H2, O2, NH4 va Cl gazlari hamda xlorli va oltingugurtli birikmalar: Na, K, Ca mavjud. Shuningdek, gazlarda temir, mis, marganets, qo’rg’oshin kabi xlorli birikmalar: bor, ftor, brom, fosfor, surma va boshqa birikmalar mavjud. Gazlarni harakatlanishi jarayonida lava qoplamlarining yoriqlari va Vulqonlar kratyerlarida minerallar hosil bo’ladi. Bular asosan xloridlar, sulbfatlar, ya’ni tez yeruvchan minerallar bo’lib, ular uncha ko’p miqdorda kuzatilmaydi. Vulqonik faoliyat davomida hosil bo’ladigan barcha minerallar odatda yupqa qatlam, mayda kristallsimon yupqa qobiq yoki tuproqsimon agregatlar ko’rinishiga ega bo’ladi. Minerallar hosil bo’lish jarayoniga misol tariqasida quyidagi moddalarni o’zaro ta’sir etish reaktsiyalarni keltirish mumkin:
2FeCl3+2H2O^Fe2O3+6HCl 2H2S+O2=2H2+2S gematft* oltingugurt
Yuqorida keltirilgan Vulqonik pnevmatolitlar jarayonlarida sulfidlar minerallaridan - pirit, markazit, pirrotin, xalkopirit, sfalerit va boshqalar hosil bo’ladi.

Download 85.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling