Yerning ichki energiyasi bilan bog’liq -endogen
Download 85.97 Kb.
|
Kirish
Chuqurlikdagi pnevmatolitlarYer qobig’ining chuqur joylashgan qismida magmatik markazdan turli gazlar ajralib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Ular Yer qobig’i bag’rida magmatik markazdan tarqaladi. Gazlar ta’sirida mavjud tog’ jinslarning kimyoviy o’zgarish darajasi ularning kimyoviy faolligiga, jinslarning tarkibi, tektonik tuzilishi va jarayonning davomiyligiga yoki muddatiga bog’liq. Chuqurlikdagi pnevmatolitlarga ba’zi bir tomirlijinslar (yoriqlarni to’lg’azuvchi jinslar) va greyzenlar kiradi. Greyzenlar - granitlar va tomirli magmatik jinslar, hamda kremniyli va gilkremniylarga boy bo’lgan effuzivlar va ba’zi bir cho’kindi-metamorfik jinslarni magmatik emanatsiyalar (gaz va suv yeritmalari) bilan qayta ishlanishi (ta’siri) natijasida hosil bo’ladigan jinslar.
Mineralogik jihatdan greyzenlarda keskin ravishda kvarts ustunlik qiladi. Bundan tashqari, ularning tarkibida doimiy ravishda muskovit, ko’proq litiyli slyudlar, topaz, turmalin, rutil mavjud bo’ladi. Rudali minerallardan kassityerit volframit, kam miqdorda molibdenit va arsenopirit mavjud bo’ladi. Greyzenlarda ko’pincha byerillni, ayniqsa uning dengiz suvining rangiga o’xshash shaffof ko’rinishdagi turini - qimmatbaho tosh hisoblanuvchi akvamarinni uchratish mumkin. g) Gidrotermal jarayon. Gidrotermalar - magmadan ajralib chiqadigan yoki gazlarni suyuqlikka aylanish natijasida hosil bo’ladigan qaynoq suv yeritmalari. Gidrotermal eritmalar magmatik markazdan bir qator metallar birikmalarini olib chiqadi. Odatda gidrotermalar (yeritmalar) bosim ostida yuqoriga, Yer usti tomoniga harakatlanadi. Ular turli taktonik buzilishlar: yoriqlar, kontakt zonalari bo’ylab harakatlanadi. Eritmalar magmatik markazdan uzoqlashi bilan ularning harorati pasayadi. Haroratning pasayishi va atrof tog’ jinslari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida gidrotermalar o’z yukini minerallar ko’rinishida tog’ jinslari yoriqlarida, darzlaridayotqiziqlar xosil qilib qoldiradi. Gidrotermalar, odatda yoriqlar bo’yicha harakatlanadi, gidrotermal mineral jinslar aksariyat qismining shakli - tomirsimon ko’rinishda xosil bo’ladi. Kvarts asosiy tomirli, ya’ni tomirlarni tashkil qiluvchi mineral hisoblanadi. Gidrotyermalar yuqori (450-300°C), o’rtacha (300-200°C), past haroratli (200°C dan past) tabaqalarga bo’linadi. Odatda, past haroratda xosil bo’lgan minerallar intruziyadan uzoqroq, yuqori haroratdagisi gidrotermal minerallar intruziyaga yaqin joylashganbo’ladi. Bu esa, gidromyermal jarayon mahsulotlarining kelib chiqish intruziyasiga nisbatan zonal joylashuviga olib keladi. Shu sababli granit intruziyaga yaqin va intruziyaning o’zida volframitli, kassityeritli, molibdenitli, undan keyin - mis, qo’rg’oshin, rux va kumush, keyin esa surma va simob sulfidlari bilan gidrotermal tomirlar joylashadi. Biroq bunday zonal joylashuv qat’iy hisoblanmaydi va doim ham namoyon bo’lavyermaydi.Faqat uncha katta bo’lmagan (diametrda 10 mm. gacha) granit shtoklargagina xos. Gidrotermalar, xuddi gazlar kabi tog’ jinslari tarkibiga sizib, singib kiradi.Ular bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishadi, ularning o’rnida yangi birikmalar xosil bo’ladi. Ko’pincha trubkasimon yoki notekis shakldagi va asosli qismi karbonatli jinslarda joylashgan kontaktli-metasomatik jinslar shu tarzda hosil bo’ladi. Gidrotermal qayta o’zgarish jarayonida atrofda joylashgan tog’ jinslari batamomo’zgarishi mumkin. Magniyga boy bo’lgan ulbtra asosli tog’ jinslari, hamda dolomitlarga gidrotyermal maxsulotlari ta’sirida asbest, talbk, magnezit va past xaroratli gidrotermalarni ta’sirida alunit minerallari paydo bo’ladi. Ko’pgina rangli, nodir va radioaktiv metallar rudalari, shuningdek turli nometall foydali qazilmalar gidrotyermal kelib chiqishga ega. Ruda(ma’dan) xosil qiluvchi qaynoq suv maxsulotlari gidrotermalar magmatik bo’lmasligi ham mumkin. Bu quyidagicha asoslanadi: cho’kindi tog’ jinslari bilan birga litosferaning chuqur gorizontlari tarkibida ko’p miqdorda suv va gazlar (Yer osti suvlari, plenkasimon va boshqalar) mavjud. Butun litosfera suv va gazlarga shimdirilgan. Bunda kuchsiz minerallangan ustki qatlamlardagi Yer osti suvlari chuqurlikda 300g/l va undan ortiq mineralizatsiyalangan sho’r suvga aylanadi.4-5 km chuqurlikda ushbu suvlarning harorati 150°S dan oshadi. Ko’plab suvlar ruda (ma’dan) konlariga xos kimyoviy elementlar: mis, qo’rg’oshin, rux, “uchuvchan” birikmalar - oltingugurt, ftor, bor, litiy va boshqalar bilan boyitilgan. Ushbu yuqori kontsentratli termal suvlar o’z mohiyati bo’yicha gidrotermal deb ataluvchi eritmalar bo’lishi mumkin. Ular elementlarni ionli va kaloidli shakllarda tashishi mumkin, fizikaviy - kimyoviy sharoit o’zgarganda esa, ularni qiyin yeruvchan mineral jinslar birikmalari ko’rinishida saqlab qolishi mumkin. Xuddi shu eritmalar tog’ jinslari va rudalarning metasomatik o’zgarishlarini vujudga keltirishi mumkin. Download 85.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling