Yerning ichki tuzilishi va Geosferalar. Relyef to’g’risida umumiy ma’lumot. Geoxronologiya shkalasi va Yerning yoshini aniqlash
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
geologiya 2-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ jinslari yoshini aniqlashning paleontologik usuli
- 1.“Geologiya Asoslari va Geomorfologiya” Fanidan O‘quv- uslubiy Majmua 2. Geologiya asoslari va geomorfologiya. M.Mamatqulov. OzMU
Nisbiy geoxronologik usul
Ayrim xollarda cho’kindi tog’ jinslari o’zida ko’plab turli xil qotgan organizm qoldiqlarini o’zida mujassamlaydi. Ularni asosan oxaktosh, dolomit, oq bo’r, qo’ng’ir va tosh ko’mir kabi cho’kindi tog’ jinslarida ko’plab uchratishimiz mumkin. Organizm qoldiqlari shuningdek bo’lakli jinslar (qumtosh, qum, gil va b. k.) va juda kamdan-kam xolda vulkan turlari orasida xam uchratish mumkin. Qazilma xolatida organizmning qattiq skelet qismi bir muncha keng tarqalgan va yaxshi saqlanadi. Qattiq skelet qoldiqlarining organik moddalari ko’pchilik xollarda tuliq yoki qisman ikkilamchi mineral shakillanishga almashinadi, masalan karbanatli kaltsiy, arogonit, kremnezyom, oltingugurtli temir va b. k. Bunday almashinishda organik tolalar toshlanishi yuz beradi va ularning tuzulishi juda yaxshi saqlanadi. Tog’ jinslarida qurigan organizm qoldiqlarining saqlanishi toshqotganlik deb nomlanadi. Organizm qoldiqlarining ko’pchilik qismi dengiz yotqiziqlarida uchraydi, qaysiki xayvonlarning saqlanishi uchun juda qulay sharoitga ega. Quriqlikda xayvon va o’simlik qoldiqlari saqlanishi uchun qulay sharoit talab qiladi. Kontinental yotqiziqlar toshqotganlikni deyarli o’zida mujassamlashtirmaydi. Toshqotgan qoldiqlarga qarab cho’kindi va u bilan bog’liq bo’lgan magmatik va metamorfik tog’ jinslarining nisbiy yoshi tiklanadi. Shuningdek toshqotgan jinslar yotqiziqlar va ularni o’rab turgan cho’kindilar hosil bo’lgan qadimiy geologik epoxalar xolatini va fizika geografik sharoitini aniqlab beradi. Tog’ jinslari yoshini aniqlashning paleontologik usuli Organizmlarning qurigan qoldiqlarini uzoq vaqt o’rganish shuni ko’rsatadiki, yer qobig’ining qadimiy qatlamlarida o’simlik va xayvon qoldiqlarining kam rivojlangan sodda shakllari, bir muncha yosh yotqiziqlarda esa bir muncha yaxshi rivojlanganlari uchraydi. Shuningdek tog’ jinslarini yoshini aniqlashda barcha toshqotgan jinslar xam bir xilda rol uynamasligi o’rganilgan. Organik dunyo tarkibidagi uzgarishlar juda xilma-xil sodir bo’lgan. Bir turdagi xayvonlar uzoq vaqt mavjudlikka ega bo’lgan bo’lsa ikkinchi bir turi esa tezda qirilib ketgan. Yer qobig’i qirqimida katta vertikal tarqalishga ega va ko’p qatlamlarda uchraydigan qoldiqlar uzoq yashaydigan organizmlar deyiladi. Jinslarning nisbiy yoshini aniqlashda ular kam yordam beradi. Unchalik geografik keng va vertikal tarqalishga ega bo’lmagan, bir vaqtda turlicha uchraydigan, ketma -ket xududlarda bir-biridan ajratilgan xayvon qoldiqlari yetakchi toshqotgan jinslar deyiladi. Bundan tashqari ular kamdan-kam topilma ko’rinishida emas, katta miqdordagi nusxada bo’lishi kerak. XULOSA: Yer paydo bo’lgandan boshlab xar xil xodisalar yuz bergan. Astronomik bosqichda yer sayyorasi shakllangan. Geologik bosqichda esa saralanish boshlangan o’g’ir metallar cho’kkan, yengil metallar esa yuzaga qarab saralangan.Geologik bosqichda atmosfera gidrosfera va litosfera shakllangan. Yerda hayot suvda va suvga yaqin hududlarda paydo bo’lgan va keyinchalik quruqlikka intilishgan,biologik bosqich shakllangan va rivojlangan. Geoxronologik jadval bizga yer qanday shu xolatga kelgan, baland tog’lar qay tariqa ko’tarilgan, materiklar qaysi davrlarda bir biridan ajralgan, okeanlar qanday paydo bo’lgan, yerda suv qay tariqa paydo bo’lgan degan savollarga javob bera oladi. Foydalanilgan Adabiyotlar 1.“Geologiya Asoslari va Geomorfologiya” Fanidan O‘quv- uslubiy Majmua 2. Geologiya asoslari va geomorfologiya. M.Mamatqulov. O'zMU Internet saytlari 1.https://uz.wikipedia.org/ 2. https://library.samdu.uz/ 3. www.samdu.uz E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling