Yerqo`rg`on (shahar xarobalari)


Xulosa.             Kirish


Download 379.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana05.01.2022
Hajmi379.61 Kb.
#225851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
yerqorgon arheologiyasini organish . (3)

Xulosa.

 

  



  

 

 




Kirish. 

Qarshi O’zbekistonning janubida joylashgan, XX asrning 70-80-yillarida juda 

ulkan sug’orish ishlari amalgam oshirilgan vohaning markazi sifatida mashhur 

bo’lgan yirik shaharlardan biridir. Bugungi kunga kelib, u O’zbekiston neft-gaz 

sanoatining markaziga aylandi. 

Yozma manbalardan malumki, Qarshi shahri XIV asrda chig’atoy urug’laridan 

bo’lmish Kebekxon saroyi negizida tashkil topgan. Buyuk sarkarda va davlat 

arbobi Amir Temur hukmronligining dastlabki davrlarida shahar atrofi ilk bora 

devor bilan o’ralgan. Shayboniylar,Ashtarxoniylar va Buxoro amirligi davrida ham 

Qarshi muhim savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri bo’lib qoldi. 

Shu narsa malumki, vohaning o’rta asr poytaxti hozirgi Qarshi shahridan 5 km 

olisda joylashgan va Naxshab ( Nasaf arabcha shakli) deb atalgan. U XIII asrda 

Chingizxon tomonidan yondirilib, butunlay vayron etilgan. Yer bilan yakson 

etilgan bu shahar Chingizxonning nevarasi tomonidan biroz narida voha markazi 

sifatida Qarshi nomi bilan yangidan bunyod etilgan. Nasaf IX asrdan boshlab o’rta 

asrlarning gullab-yashnagan shahriga aylangan. 

Shahar So’g’d zamini uchun arablar bilan uzoq davom etgan qonli jangler davrida 

mustahkam shahar qal’asi sifatida VII-VIII aasrlardayoq ma’lum bo’lgan. 

Arxeologik izlanishlar bu manbalar haqligini to’la-to’kis tasdiqlaydi. IV-V asrlarda 

vohaning suv taqsimoti hududida bunyod etilgan yirik va mustahkam bu qal’a VII-

VIII asrlarga kelib vohaning poytaxx shahriga aylandi. Bunga qadar VI-VIII 

asrlarga qadar Qarshi vohasida shaharlarning bo’lgan bo’lmaganligi haqida yozma 

manbalarda biror-bir malumot uchramaydi.Ammo sayyohlar, qadimshunoslar va 

tadqiqotchilar XIX asrdan boshlab Qarshi-Buxoro yo’lining boshida, Nasaf 

shahridan 5 km shimolda joylashgan qadimgi ulkan shahar qoldiqlariga katta 

e’tibor bilan qarab keldilar. Uning tarixi yaqingacha nomalum edi. Atrofda 

yashovchi aholi xotirasida ham ba’zi afsonalardan bo’lak hech qanday ma’lumot 

saqlanib qolmagan. Bu shahar shunchaki Yerqurg’on deb  keligan. O’z hajmi 

jihatdan qadimiy Baqtryaning Balx va Mesopatamiyaning Suz shaharlaridan 

qolishmaydigan bu qadimiy shahar qoldiqlari dastlab A.I.Terepojkin, S.K.Kabanov 

va M.E.Masson kabi arxeologlar tomonidan o’rganilgan. Biroq bu vayronalar  

jiddiy qazishma oshlari olib borilmaganlagi sababli noaiqligicha qolgan. Bu 

vayronalar Qarshi vohasining ilk qadimiy poytaxti shu yerda bo’lganligidan darak 

beradi.XX asrning 70-yilaridab boshlab O’zbekiston FA Arxeologiya institutining 

maxsus ekspeditsiyasi bu qadimiy shaharda aniq maqsadni ko’zda tutgan qazishma 

ishlarini boshlab yubordi. Yerqurg’onning fan uchun o’ziga xos qimmqati shuki, 

VI asrda tashlab ketilgan bu shahar yaxshi saqlanganki, XX asrga qdar deyarli 

ziyon-zahmatsiz yetib kelgan. O’z davrida Yerqurg’on butun So’g’diyonaning 

poytaxt shahri bo’lgan. So’g’diyona qadimgi So’g’d mamlakati janubidagi Baqtrya 

bilan shimoldagi skiflar o’rtasida joylashgan bo’lib, markaziy Osiyoning yuragi 

hisoblangan. Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari So’g’diyonaning tub hududlarini 

tashkil etgan. Arablar kelgunga qadar va Islom dini yoyilgan davrlarda bu joyda 

yashab kelgan xalq o’zini So’g’dlar deb atagan  

 



Hozirgi O'zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi So'g'd vohasining unumdor 

dehqonchilik hududini egallagan bo'lib, qadimda o'z suvlarini Amudaryoga 

quyuvchi Zarafs hon va Qashqadaryo daryolari oralig'ida, Movarounnahrning qoq 

markazida joylash-gan. Movarounnahrning barcha tarixiy rivojlanish bosqichlari 

ushbu viloyat bilan cham- barchas bog'liqdir. Kitob va Shahrisabzda joylashgan 

qadimgi shaharlarda olib borilgan qazish ishlari davomida arxeologlar tomoni-dan 

topilgan xilma xil moddiy boyliklar va tangalar silsilasi antik So'g'diyonaga xos 

bo'igan boy madaniyatdan dalolat beradi. Antik davrdan keyingi ilk asrlardagi 

mustaqil davlatlar hisoblanmish Kitob, Zahoki Maron va Qarshi yaqinidagi 

Yerqo'rg'on shaharlari tarixiy qatlamlarda yorqin iz qoldirgan. Yangi eraning V 




Download 379.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling