Ushbu uchinchi qator devorlarini M.E.Masson revolyutsiyadan oldingi
topografik xaritalar yordamida tiklamoqda. Minora ham devor kabi mil. av. V-
IV asrlarda bir necha marotaba qayta qurilgan. Zahoki maron qal`asining o`z
arxitektura prototipi skiflarning babaishmulla qal`asi bo`lib, u sharqiy orolbo`yida
joylashgan chirikrabot madaniyatiga tegishli xududdan topilgan. Zahoki maron
qal`asi hududi va uning gipertroflangan fortifikatsiyasi bu erda So`g`dning yangi
xonliklariga oid qurilishlar mavjud bo`lganligini ko`rsatib turadi. Ularning
xukmronlik doirasi Naxshabdan ham o`tib ketib, butun So`g`d hududlarigacha
yoyilgan. Yerqo`rg`ondagi shahar o`zining ellinlashgan madaniyati bilan birga
Qarshi vohasining hunarmandchilik, savdo va madaniyat markazi rolini saqlab
qolgan edi. Yangi hokimlarning Yerqo`rg`onga e`tibor berayotganligi haqida shu
narsa dalolat beradiki, shahar kattalashib borar edi, u ikkinchi himoya devori bilan
o`rab olinadi va bu devor 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turar
edi. Yerqo`rg`on tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda bo`lib, har 60 metrda
Do'stlaringiz bilan baham: