Yerqo`rg`on (shahar xarobalari)
Yerqo`rg`onning monumentlari
Download 379.61 Kb. Pdf ko'rish
|
yerqorgon arheologiyasini organish . (3)
Yerqo`rg`onning monumentlari
Yerqo`rg`ondagi shahar ibodatxonasi xarobalaridagi qazishmalar ostida yana ikkita inshootlarning qoldiqlari shaharga stratigrafik shurfni qo`llaganda aniqlandi. yuqori qatlam ellin davriga tegishli bo`lib, pastki qatlam esa mil. Av. 1 ming yillikning o`rtalariga tegishlidir. Olimlar III-IV asrda qurilgan ibodatxona shaharning qadimiyroq ibodatxona xarobalari ustida qad ko`targan bo`lsa kerak, degan taxminga bordilar. bunga shu narsa dalolat beradiki, eng pastki inshootning ochilgan qismi g`ishtli platformadan iborat bo`lib odam bo`yi bo`lgan. Uni materikdan yupqa toshko`mir qatlami ajratib turadi. Bizga shu narsa ma`lumki, zardushtiylar o`z diniy rasm-rusmlarini ochiq joylarda o`tkazishgan. Ushbu muqaddas joy platforma ustida joylashgan bo`lib, u taxminan mil. Av. 1 ming yillikka tegishlidir. Platforma ostida esa kul uyumi mavjud bo`lib, u maydonni tozalash natijasida yig`ilib qolgan.
Bu davrda O'rta Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari - Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Xorazm shakllangan. Bu davrda ushbu mintaqada dastlabki shaharlar - dehqonchilik vohalarining markazlari paydo bo'ladi, ilk davlatlar tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal sur'atlar bilan rivojlanib boradi. Sirdaryo va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi so'g'd elati va o'troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy- madaniy viloyat - Nautaka va Nikshapani eslab o'tishadi. Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni arxeologik topilmalar tasdiklaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o'zgara boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu davrda vohada koroplastika san'ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang'och mavjudot yarim burilgan holda chap qo'lida Zevsning hamrohi - burgut qo'ngan asoni ushlab turgan tarzda tasvirlangan. Qal'ai Zahhoki Moron va uning o'n metr qalinlikdagi devorlari Yerqo'rg'on kabi bir necha marotaba qayta qurilgan. Devor tarkibini o'rganish ularning eng dastlabkilari miloddan avvalgi II-I asrlarga mansubligini ko'rsatdi. Milodning IV-V asrlarida shahristonni qayta tiklash paytida devor ichidagi yo'laklar barpo etilgan. Milodning VIII asriga kelib shaharning asosiy qismida hech kim yashamay ko'ygan, markaziy minoraning tepasida kichik qo'rg'on bunyod etilgan.
Miloddan avvalgi dastlabki asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar kengaytirilgan hamda deyarli 150 gektarlik maydonni qamrab oluvchi tashqi devor bilan o'ralgan. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Yerqo'rg'onning ichki shahrida VIII-VII asrlarga mansub eng qadimgi devor xarobalari o'rnida kulollar mavzesi barpo etilgan, tashqi shaharda esa - Samarqand tomonga olib boruvchi qadimgi yo'l yoqasida - temirchilar mavzesi bo'lib, ular shahar VI asrda vayron bo'lguncha mavjud bo'lgan. Yerqo'rg'onning bu davrga oid sopol idishlari ko'pincha qo'ng'iroqsimon oyoqli nafis jomlar sifatida ishlangan. Idishlar bilan bir katorda kulolchilik ustaxonalarida turli ma'budalar, harbiylar, otliqlar, shuningdek, ot, qo'y, echki, kamdan-kam holatda esa yovvoyi yirtqich hayvonlar haykalchalari yasalgan. Qazilgan madaniy qatlamlarni o'rganish davomida shu narsa ayon bo'ldiki, Yerqo'rg'onda faol bunyodkorlik ishlari milodning III asrigacha davom etgan. Xioniylar va eftalitlar davri - IV-VI asrlarda Yerqo'rg'on Markaziy Osiyoning eng yirik va gullab-yashnagan shaharlaridan biri bo'lgan. Poytaxt shahar atrofida keng ko'lamli qurilmalar aglomeratsiyasi qaror topgan. Shahar infratuzilmasi alohida tarmoqlarga birlashgan murakkab tusga ega bo'lgan. Ko'chalar ibodatxonaga, saroy va makbaraga olib borgan. III-IV asrlarda Yerqo'rg'on ikki qavat baland devor bilan o'ralgan bo'lib, diniy marosimlar o'tadigan monumental binolarni o'z ichiga olgan. Ular shahar jamoatchiligi hayotida hududiy belgilar sifatida xizmat qilgan, vazifasiga ko'ra ma'muriy, diniy marosimlar o'tadigan joy va mudofaa markazi rolini o'tagan.
Yerqo'rg'onning kulollar va temirchilar mavzelarining so'nggi ustki qatlamiga ko'ra, milodning V asrida shaharda yong'in va haloqat sodir bo'lgan, keyinchalik hayot yana o'z iziga tushgan. Milodning VI asrida shahar butkul vayron bo'lgan, bu hol Turk xoqonligi va Eron Sosoniylarining birlashgan harbiy koalitsiyasi hujumi ostida Eftalitlar davlatiningemirilishi bilan bog'lik bo'lsa kerak. Shundan so'ng milodning VI asri oxiri va VII asrning boshida shahriston ustida, bir paytlar yirik kulollar mavzesi bo'lgan joyda kichik kulollar ko'rg'oni tiklangan. Shaharning huvillagan ibodatxonasidagi bir paytlar ilohiy ma'buda o'rnatilgan joyda to'g'ri burchakli otashkada o'rnatilgan. Ibodatxonaning ushbu so'nggi davri VII asrning o'rtalariga mansub Kesh tangasida ham o'z aksini topgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling