Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
Birinchi jahon urushidan oldin va urush davridagi iqtisodiyot. Birinchi jahon urushi boshida AQSh jahonning yirik industrial mamlakati hisoblanib, unga jahon sanoat ishlab chiqarishining 35% to'g'ri kelardi. Rivojlangan qishloq xo'jaligi, infratuzilma, qulay tabiiy-iqtisodiy muhit, Janubiy Amerikaning bitmas-tugan- mas bozorining yaqinligi, urush holatidagi Yevropaning uzoqligi XX asr boshidayoq AQShga jahonda yetakchilikka erishishga im- kon berdi.
Ruzveltning "Yangi kurs"i. Franklin Ruzveltni 1933 yilda pr- ezidentlikka saylanishida "Yangi kurs" deb nomlangan samarali aksilinqiroz dasturi katta ahamiyatga ega bo'ldi. "Yangi kurs"ni avvalgi aksilinqiroz dasturlaridan prinsipial farqi shundaki Ruz- velt bozordagi jarayonlarni mustaqil ravishda tartibga solinishini rad etdi va davlatni xo'jalik munosabatlariga faol aralashuvini tan oldi.
"Yangi kurs" avvaldan o'ylab chiqilgan islohotlar tizimi bo'lmasdan empirik xarakterga ega edi. Buni ushbu siyosat- ning g'oyasini ifodalovchi asosiy manba bo'lgan Dj.Keynsning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" kitobini 1936 yilda chop etilganligi ham isbotlaydi. Islohotlar boshlanganiga ikki yil bo'lgandan keyingina aksilinqiroz siyosat tizimli xarakterga ega bo'la boshladi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyoti
Birinchi Jahon urushidan keyingi rivojlanish xususiyatlari. An- gliyada Birinchi Jahon urushi davrida etatistik tendensiyalarni in- tensiv rivojlanishi kuzatildi, ushbu jarayon 1919-1929 yy.da susay- di. Angliya g'olib mamlakat sifatida urushdagi talofatlarini qisman bo'lsa ham kompensatsiyaladi.
Jahon bozorlarida ingliz kapitalining pozitsiyalari AQShning ekspansionistik siyosati natijasida susayib, Angliya qarzdor mam- lakatga aylandi (4 mlrd.doll.).
Shu sharoitda ham Angliyada sanoatning yetakchi (kimyo, av- tomobil, elektrotexnika, aviatsiya va boshq.) tarmoqlari rivojlanib bordi.
Eski tarmoqlar (kemasozlik, metallurgiya, ko'mir qazib olish va tekstil) esa stagnatsiya holatida edi. Ushbu tarmoqlarni modern- izatsiyalash uchun zarur bo'lgan kapitalning etishmasligi, ularni yuqori daromad topish maqsadida chetga chiqib ketishi bilan bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |