Italiya va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Italiya va Yaponiyani dunyoni yangidan qayta taqsimlash kabi agressiv intilishlar birlashtirar edi. Bu mamlakatlar, Germaniyadan farqli o'laroq, Birinchi jahon urushida g'oliblar lagerida edi.
◄ Italiya
Birinchi jahon urushida katta talofatlar ko'rgan Italiyada katta iqtisodiy va siyosiy inqirozlar yuzaga keldi, va uning natijasida 20- yillarning boshida hukumat tepasiga fashistlar keldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning totalitar tizimini yaratilishi korporativ shaklda amalga oshirilib, u shaklan fashistlar Germani- yasidan katta farq qilmaydi, hamda boshqaruvni markazlashtirish, militarizatsiyalash maqsadida mamlakatning barcha resurslarini konsentratsiyalashuvi vazifasini amalga oshirgan. Etatistik tizim- larning ikki shaklini o'xshashligi Germaniyada hukumat tepasiga Gitler kelganidan so'ng Mussolinining diktatorlik hukumati bilan harbiy-siyosiy alyans tuzilishiga olib keldi.
Yaponiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish variantining o'ziga xos- ligi, hamda hukumatning mamlakatni Tinch okeani hududi va Jan- ubi-Sharqiy Osiyoda yetakchilik o'rinlarda emasligidan noroziligi yapon iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish variantini nemis va italyan variantlari bilan yaqinlashtirdi.
Urushlar orasidagi davrda harbiy radikal kayfiyatdagi "yosh ofitserlar" guruhi mamlakat siyosatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu guruhning ta'siri 1927 yilda bosh vazir lavozimiga general Tanakaning kelishi bilan kuchaydi. 1931 yilda Manjuriyani ok- kupatsiya qilinishi mamlakat iqtisodiyotini militarizatsiya tomon yetakladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |