Yetakchi kapitalistik mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti


-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG'IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI


Download 70 Kb.
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1168376
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)

11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG'IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
Mavzuning o’quv maqsadi:
Etatizatsiya jarayoni davrlari, industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy taraqqiyoti, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti, Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi, Germaniya iqtisodiyoti

Tayanch iboralar: etatizatsiya, harbiy iqtisodiyot davri, urush talofatlari, doktrina, prosperiti, yangi kurs, stagnatsi- ya, sterling bloki, xalq fronti, Daues rejasi, fashizm
Asosiy savollar

  1. Etatizatsiya jarayoni davrlari

  2. Industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy taraqqiyoti

  3. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti

  4. Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi

  5. Germaniya iqtisodiyoti

11.6.Italiya va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
1914-1939 yillar kapitalizmni davlat tomonidan tartibga sol- ish tizimini shakllantirish va faol rivojlantirish davri sifatida xarak- terlanadi. Bu jarayonni etatizatsiya (fransuzchadan l'etat - davlat) termini bilan atash mumkin.
Ushbu davrni tizimli ravishda bir necha bosqichga ajratish mumkin: Undan tashqari, urush natijasida ishtirokchi mamlakatlar mod- diy boyliklarini uchdan biri yakson bo'ldi. Bu faqat harbiy texnika bo'lmasdan, sanoat, qishloq xo'jaligi sohalarida, infratuzilmada, uy-joy fondidagi yo'qotishlar edi.
Urush xo'jalik faoliyatiga davlatni aralashuvini kuchaytirib kapitalizmni tartibga solish tizimini rivojlanishiga olib keldi. Har- biy-siyosiy maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish uchun qat'iy davlat tartibga solinishini amalga oshirish zarur edi. Shu sabab- dan urush yakuniga kelib deyarli barcha mamlakatlarda xo'jalik munosabatlarining etatistik tizimi shakllandi.
Birinchi jahon urushida ishtirok etuvchi mamlakatlarda iqti- sodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi;

  • milliy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar xususiyatlari;

  • u yoki bu mamlakatni bevosita urushda ishtirok etish darajasi.

Barcha urushda qatnashgan mamlakatlarda xo'jalik munosa-
batlarini etatizatsiya qilish jarayonlari kuchaydi.
Lekin bu jarayon urush tugagandan so'ng orqaga qayta bosh­ladi, ya'ni davlat tomonidan
Barqarorlashtirish davri. 1924-29 yy.dagi davr rivojlangan mamlakatlarda xo'jalik munosabatlariga davlat aralashuvini qisqarib borishi bilan xarakterlanadi. Bu holni erkin bozor muno­sabatlariga qaytish deb tushunish kerak emas.
Shuni ta'kidlash kerakki, etatizmni chekinishi to'liq emas edi, chunki 20-yy.da deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiyotni mo- nopollashuvi, monopoliya va davlatni qo'shilib ketishi, erkin iqti­sodiy munosabatlarni buzilishi amalga oshdi.
Inqirozdan keyingi davr. Inqirozdan keyin bo'lgan nisbatan qisqa muddat (1934-39 yy.) etatizmdan voz kechish namoyon bo'lgan davr emas edi. Buning asosiy sababi - o'sha davrda bar­cha iqtisodiyotlar boshidan kechirayotgan beqarorlik holatidir. Undan tashqari Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik bilan bog'liq ravishda iqtisodiyotni harbiylashtirish tendensiyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni chuqurlashuviga olib keldi.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling