Yetakchi kapitalistik mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti


Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi


Download 70 Kb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1168376
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)

Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi
Urushdan keyingi davrdagi iqtisodiyot. Urush davrida Fran- siyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi qo'llanilgan edi. Fransiyaning moddiy talofatlari mag'lub mam­lakatlar (asosan Germaniya) hisobiga qoplandi. Versal shartno- masiga binoan Fransiyaga Elzas va Lotaringiya viloyatlari o'tdi, ko'mir konlariga boy Saar viloyati 15 yilga o'tdi (1920 yildan Saar Millatlar Ligasi boshqaruvi ostida edi).
Yangi olingan hududlar va yirik kontributsiya mamlakat iqti- sodiyotini urushdan keyingi va inqirozgacha bo'lgan davrdagi (1919-1930) rivojiga katta yordam bo'ldi. Fransiyaning iqtisodiy o'sish sur'atlari boshqa yetakchi mamlakatlarga qaraganda (AQShdan tashqari) ancha yuqori edi. Muvaffaqiyatli rivojlanish davlatning harbiy buyurtmalari bilan bog'liq sanoatning yangi va eski tarmoqlarni jadal rivoji bilan bog'liqdir. Bu davrda yengil sanoat va qishloq xo'jaligi turg'un holatda bo'lib, davriy inqiro- zlarni boshidan o'tkazayotgan edi.
Germaniya iqtisodiyoti
Urushdan keyingi iqtisodiyot. Birinchi jahon urushi davrida Yevropa mamlakatlari ichida eng etatizatsiyalashgan iqtisodiyot Germaniyaniki edi. Bunga sabab faqatgina nemis tarixiy maktabi- ning "tarbiyaviy proteksionizm" konsepsiyasi asosida rivojlanay- otgan nemis kapitalizmining o'ziga xos siyosiy shakli emasdi. Balkim Germaniya tomonidan olib borilgan urushda uzoq davr mobaynida resurslarga bo'lgan katta ehtiyoj ham katta ahamiyat kasb etdi.
Urushda mag'lub bo'lish natijasida siyosiy tizimni barbod bo'lishi, katta hajmda inson va moddiy yo'qotishlar, Versal tinch- lik shartnomasining Germaniya uchun og'ir shartlari uzoq davom etgan urushdan keyingi inqiroz va keyinchalik mamlakat iqtisodiyotini stagnatsiyasining asosiy omillari hisoblanadi. Faqatgina 20- yillarning o'rtalariga kelib sog'lomlashuv boshlanib, sanoatning monopollashgan tarmoqlarida ijobiy siljishlar yuzaga keldi, tashqi savdo oboroti o'sa boshladi.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling