Yetakchilik funksiyalari
Download 0.54 Mb.
|
Yetakchilik funksiyalari
Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, yaʻni nafs balosi, xasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har koʻyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, oʻlmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi.Tamagarlik ham qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamagir rahbar oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun turli qabihliklardan qaytmaydi, hech qanday gunohdan qoʻrqmaydi, yolgʻon gapirmay yurmaydi, yolgʻon soʻzni isbotlash uchun yolgʻon qasamlar ichadi. Tamasi koʻpning insofi oz, ochkoʻz boʻlur. Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy hislatlarning hammasini bir kishi toʻla-toʻkis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega boʻlishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obroʻli boʻlish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zarurdir. Obroʻ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqon. Ayni paytda har bir rahbar oʻzidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, oʻziga boʻysunuvchi xodimlar oldida ham, oʻzi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obroʻga ega boʻlishi lozim. Obroʻ halol mehnat, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masьuliyat bilan munosabatda boʻlish, jamoa aʻzolariga talabchanlik va gʻamxoʻr boʻlish, oʻz ishini chuqur bilish bilan orttiriladi. Shuni esda tutish lozimki, xizmat mavqesi oʻz-oʻzidan obroʻ keltiravermayi. Rahbar xizmat mavqesiga faqat muayyan neʻmatlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur. U shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitta afzallikka ega boʻladi, u ham boʻlsa:Oʻz jamoasi, umuman xalq manfaati uchun bor kuchi bilan ishlashi, elim deb, yurtim deb yonib yashashi kerak.Rahbar shu talablarga rioya qilmas
ekan, u oʻz rahbarlik usulida quyidagi salbiy xodisalarga yoʻl qoʻyishi, pirovardida esa oʻz obroʻyini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab boʻlishi mumkin (4-jadval). 4-jadval
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling