Sabr shunday bir kuchli narsadirki,
kattalikni tavozega (kamgaplikka)
yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar.
Bir hakimdan soʻradilar: “Odamlarni oʻzingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa boʻladi?”, - deb soʻradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan!”, - deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli boʻladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda boʻladi. Oʻzidagi qanoatsizlikni gʻirrom raqobatchilik yoʻli bilan emas, balki xayrixohlik yoʻli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki:
“Birni koʻrib shukur qil, birni koʻrib fikr qil” — degan shior.
Shu oʻrinda quyidagi hikmatli soʻzlarni taʻkidlash oʻrinlidir. Uch dardga davo yoʻqdir:
dangasalikdan kelgan kambagʻallikka;
hasaddan tugʻilgan dushmanlikka;
xoʻjayinliqdan kelib chiqqan kasallikka.
Sogʻlom shubhalilik - bunday rahbar koʻpincha “har narsada shubhada boʻl” degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosogʻlom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib koʻrishdan qoʻrqitib, erishishlari mumkin boʻlgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda, ular oʻz kuchiga ishonish, unga sogʻlom shubha bilan qarash ishchan masʻuliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yoʻlida kishi kuchiga kuch qoʻshishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlilik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim isteʻdodga toʻgʻri mutanosib ekanligini, kamtarlikni yetishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular:
“Kamtarlik — jasorat toji”.
“Kamtarga kamol, manmanga — zavol”.
“Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”.
“Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”.
“Kamtarlik aʻlodir, magʻrurlik balodir”.
kabi xalq maqollariga rioya qilishadi. Ular kamtarin rahbarning:
oʻzini boshqalardan ustun qoʻymasligini;
ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutugʻi bilan magʻrurlan masligini;
katta-kichikni birdek hurmat qilishini;
odamlar ogʻirini yengil qilishini;
xushmuomala boʻlishini;
qanday davrada boʻlmasin doimo oʻzini oddiy tutishini;
shonu shuhratga uchmasligini yaxshi anglashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |