Yetakchilik funksiyalari
Download 0.54 Mb.
|
Yetakchilik funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Chizma. Boshqarish fynktsiyalarini amalga oshipishdagi ketma-ketlik.
Boshqarish funktsiyalari - koʻp qirrali tushuncha. Shu sababli ularni muhim belgilar boʻyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi (6-chizma).
1-chizma. Boshqaruv fynktsiyalarining tasnifi. Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida taʻkidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; ragʻbatlantirish (motivlashtirish). Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi (2-chizma). 2-Chizma. Boshqarish fynktsiyalarini amalga oshipishdagi ketma-ketlik. Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni ragʻbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida oʻz aksini topadi. Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham boʻyiga (vertikal), ham eniga (gorizontal) qamrab oladi.Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy G’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam boʻlmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qoʻshimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchu ishlab chiqarishni boshqarish; marketingni boshqarish; moliyaviy boshqarish; sifatni boshqarish; mehnatni boshqarish; xodimlarni boshqarish; innovatsiyani boshqarish va hokazo. Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab oʻtilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim oʻrin tutishi zarur boʻlganligi tufayli ularni mufassal koʻpib chiqamiz (1-jadval). 1-jadval
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling