Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti


Download 0.96 Mb.
bet7/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
739 21.11.2020

7-bob. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini moliyalashtirish budjet mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
37. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori ular ta’lim olayotgan muassasalar tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan muassasalarning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
38. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini berish uchun sarflanadigan mablag‘larning buxgalteriya hisobi va hisoboti tegishli ta’lim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
39. Muassasalar tomonidan har o‘quv yili yakunida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va moliya organlariga taqdim etiladi.
Moliya organlari tomonidan ushbu hisobotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
40. Asossiz ravishda to‘langan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Muassasalarning ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini berish bilan bog‘liq faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamentining hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
42. Shaxsiy javobgarlik:
ta’lim muassasasi tomonidan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarini asosli tayinlash va to‘lash tartibiga rioya qilinganligi va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha ishchi guruh rahbariga;
ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalari uchun ajratilgan mablag‘larning muassasalarga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi bo‘yicha moliya organi rahbariga;
ta’lim muassasasi tomonidan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqalarining o‘quvchi (talaba)ga o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilishi bo‘yicha muassasa rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ushub Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling