Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. O‘quvchi (talaba)larni transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi


Download 0.96 Mb.
bet5/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
739 21.11.2020

5-bob. O‘quvchi (talaba)larni transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi
27. Transportda yurish kartochkalari yo‘lovchi tashish transportida (taksidan tashqari) yurish uchun oylik yo‘l chiptalari joriy etilgan hududlarda beriladi.
Agar o‘quvchi (talaba) o‘qiydigan tuman (shahar)da yoki aholi punktida bu turdagi kartochka tizimi bo‘lmasa, u holda ularga jamoat transportida yurishlari uchun oylik yo‘l chiptasi miqdoridagi pul mablag‘i o‘quvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
28. Transportda yurish kartochkalari muassasalarning xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib olinadi.
29. Transportda yurish kartochkalari muassasalar tomonidan yo‘lovchilar tashish transporti xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilinadi.
30. Transportda yurish kartochkalari o‘quvchi (talaba)larga joriy oy tugashiga kamida ikki kun qolganida tarqatiladi.
Transportda yurish kartochkalari o‘qish davri uchun beriladi.
6-bob. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish tartibi
31. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi bir marta, ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda o‘zi ta’lim olgan ta’lim muassasasidan beriladi.
Davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari bitiruvchilariga bitiruv nafaqasi ular ishga qabul qilinayotganda, ushbu muassasalardan beriladi.
32. Agar o‘quvchi (talaba) umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 11-sinfini yoki muassasani bitirib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan taqdirda, unga bitiruv nafaqasi o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan beriladi.
33. Bitiruv nafaqasi har yili 1-sentabrgacha bitiruvchining bank plastik kartasiga pul o‘tkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
34. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi shaxsiy imzosi qo‘yilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
35. Bitiruvchi o‘z xohishiga ko‘ra bitiruv nafaqasi o‘rniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling