Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. O‘quvchi (talaba)larning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi


Download 0.96 Mb.
bet6/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
739 21.11.2020

61-bob. O‘quvchi (talaba)larning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘larni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy ta’minot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan ta’lim muassasalari rahbarining buyrug‘iga asosan beriladi.
353. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ta’lim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
354. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
355. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ga o‘quv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda to‘lab beriladi.
Bunda, o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) o‘quvchi (talaba) hamda ta’lim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
(61-bob Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling