Yetimlikning Kelib Chiqish Sabablari reja
Download 27.06 Kb.
|
Yetimlikning Kelib Chiqish Sabablari Majidov A
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning dastlabki ijtimoiylashuvi funksiyasi shundan iboratki, dunyoga kelgan inson bolasi o‘zida “aqlli odam”ning faqatgina kurtaklari, salohiyatiga ega bo‘ladi xolos. Chaqaloq jamiyatga asta-sekin olib kirilishi va “insoniy dastur” bo‘yicha rivojlanishi lozim. Aks holda, undagi insoniylik kurtaklari rivojlanmay qolishi, qobiliyatlarning asoslari abadiy o‘chishi mumkin. Ko‘plab bolalar insoniyatga har yili tibbiyot va bolalar muassasalarida, bolalar uylarida oshno bo‘ladilar. Bu hol ko‘pincha baxtsiz hodisa tufayli emas, balki ijtimoiy falokat natijasida yuz beradi. Tug‘ilishi istalmagan bolalar ota-onalariga kerak bo‘lmay qoladi. Yoki bo‘lmasa, ona bolani tarbiyalash uchun vositalar va shartsharoitga ega bo‘lmagani sababli undan qachonlardir, hayot yaxshilanib o‘z iziga tushganda qaytib olish to‘g‘risidagi g‘ira-shira umid bilan “tilxat berib” voz kechadi. Hattoki, bu bolalar yetarli oziq-ovqat, g‘amxo‘rlik, tegishli tibbiy xizmat olganlari taqdirda ham ularning rivojlanishi gospitalizm sindromi – kommunikativ -hissiy aloqalarning yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlar tufayli xiralangan bo‘ladi, bunday bolalar odatda, faqat intellektual jihatdan emas, balki jismoniy rivojlanishda ham orqada qoladilar, ularning tili kechroq chiqadi, keyinroq ularda muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar namoyon bo‘la boshlaydi, bu qiyinchiliklarni har doim ham, hatto yuqori malakali tibbiy-pedagogik korreksiya yordamida ham bartaraf etib bo‘lmaydi. Oila bolalarning ijtimoiylashuviga faqatgina o‘zining mavjudligi bilan emas, balki qulay axloqiy-ruhiy iqlimi, barcha a'zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar orqali ta'sir o‘tkazadi. Patronaj oilalari hozirgi vaqtda yetim bolalarning ijtimoiy moslashuvining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bola, haqiqatan ham, oila muhitiga" sho'ng'iydi", chunki u katta o'qituvchi bo'lib, unga g'amxo'rlik qiladi va uning rivojlanishini kuzatadi. Lekin homiylik oilalar eng muhimi kafolat bermaydi-bola, albatta, bir oilada bo’ladi deb. Ba'zi bolalar 7-10 yil davomida bir nechta oilalarni almashtiradilar. Ijtimoiy yetimlikning oldini olish shakli ijtimoiy ishchini o’z joyida ishlashiga imkoniyat yaratib berish, aynan Ijtimoiy xodimning bosh vazifasi - oilaning muammolariga kirib borish, bola qarovsiz bo‘lib qolguniga qadar unga yordam ko‘rsatish; bolani oilada ushlab turish, uning ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bu narsa bola ko‘chaga ketib qolgandan keyin uni izlash, davolash, reabilitasiya qilish va qayta tarbiyalashga sarf qilinadigan xarajatlarga nisbatan minglab marta arzonroqdir. Ijtimoiy ishchi aynan ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bn faoliyat ko’rsatib, ularni oilaga joylashtirishning maqbul yo’lini bolaning vaziyatidan kelib chiqib tanlaydi. Download 27.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling