Yetimlikning Kelib Chiqish Sabablari reja


Download 27.06 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi27.06 Kb.
#1757126
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yetimlikning Kelib Chiqish Sabablari Majidov A

2019 yil 1 martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumtaʼlim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;2019 yil 1 oktyabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy maʼlumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari oliy maʼlumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumtaʼlim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun koʻzda tutilgan ustamani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Belgilansinki:
2019 yil 1 martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun toʻlanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 soʻmni tashkil qiladi, keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam boʻlmagan miqdorda oshirib boriladi;2019 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida toʻlanadi;vasiylik va homiylik organlari xodimlariga oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanadi, keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam boʻlmagan miqdorda oshirib boriladi;bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qoʻllaniladi; oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida sharoitlari uchun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi taʼtillar, imtiyozlar va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq boʻlgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritsin;Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini ochish, tarbiyalanuvchilarni zamonaviy kompyuter dasturlash koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil qilish va axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislar tayyorlanishini taʼminlasin;

Download 27.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling