Yetishtirish. Ko‘chat tanlash, ekish muddati va boshqa ma’lumotlar Ahamiyati


Download 20.35 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi20.35 Kb.
#1308435
Bog'liq
pomidor


Pomidor yetishtirish. Ko‘chat tanlash, ekish muddati va boshqa ma’lumotlar
Ahamiyati.
Pomidor mevasi yangi uzilgan holida xamda tuzlangan, marinadlangan, turli salatlar holida iste’mol qilinadi. Pomidor hosilining yarmi sharbat, pyure, pasta, sous sifatida qayta ishlanadi. Pomidorning mevasi to‘yimli mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Pomidorni ertapishar Do‘stlik, Saxiy, SHafaq, Sevara, o‘rta-ertapishar Toshkent tongi, o‘rtapishar TMK-22, O‘zbekiston–178, Surxon–142, Bahodir, SHarq yulduzi, Sitora, kechpishar Namuna–70, Doni 2000 navlari ekiladi.
Ko‘chat tanlash.
Urug‘ ekishdan oldin virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50–52 oS va 24 soat 80oS qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli sho‘r suvda ivitilsa yaxshi natija beradi. Pomidor ko‘chatlari 40–45 kunlik, poyasi va ildizlari baquvvat rivojlangan, 6-7 chinbarglarga ega bo‘lgan, to‘q yashil, sog‘lom bo‘lishi lozim.
Er tayyorlash.
Pomidor ekish rejalashtirilgan erlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi. Xosildan bo‘shagan maydondagi o‘simlik qoldiqlari tozalanib, mahalliy o‘g‘it sochib chiqiladi. Er maydoni 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Erta baxorda er 14–16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib bir yo‘la er tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oralig‘ida ekish uchun egatlari tortib chiqiladi.
Ekish muddati va sxemasi.
Pomidor ko‘pincha ko‘chatida ekib o‘stiriladi. Ko‘chatlar janubiy viloyatlarda ertagi navlar martning III o‘n kunligida, o‘rta va kechpishar navlar aprelning I–II o‘n kunligida; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlar aprelning I o‘n kunligida, o‘rta va kechpishar navlar aprelning II–III o‘n kunligida hamda mayning I–II o‘n kunligida ekiladi. Pomidorning ertapishar va o‘rtapishar navlari ochiq dalalarda 70×40 sm va 90×30 sm sxemada ekiladi. Ekilgandan so‘ng ko‘chatlar albatta sug‘oriladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 280–570 ta ko‘chat sarflanadi. Parvarishlash.
O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, ya’ni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egatlar ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasi engil chopiq qilinib yumshatiladi. Engil chopiqdan so‘ng 12–15 kun o‘tgach, sug‘oriladi va oziqlantiriladi. Pomidorni o‘suv davrida 3-4 marta qo‘lda chopiq qilinadi. Pomidor suvga talabchan o‘simlik bo‘lib, sizot suvi chuqur joylashgan erlarda o‘suv davri mobaynida 29 18–20, sizot suvi yuza joylashgan erlarda 12–15 marta sug‘oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan erlarda hosil etilguncha har 8–12 kunda, hosil yoppasiga pishganda esa 5–7 kunda sug‘oriladi. Kuz boshlangandan keyin ekin kamroq sug‘oriladi. Pomidor qiyg‘os pishganda yorilib ketmasligi uchun navbatdagi hosil terib olingandan keyin suv beriladi.
O‘g‘itlash.
Pomidor etishtirishda sof holda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o‘g‘itlari beriladi. Pomidor qo‘shimcha oziqlantiriladi, bunda oksigumat, gummat natriy roslin kabi moddalar bilan bargidan oziqlantirilsa, o‘simlikni rivojlanishi va xosildorligi ortadi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Agrotexnik tadbirlardan biri almashlab ekishga amal qilish, urug‘ni ekishga tayyorlashda ishlov berish ularni virusli va bakterial kasalliklardan xoli qilishdir. Pomidorda asosiy zararkunandalaridan pomidor kuyasi, shira, oqqanot, trips, zang kanaga qarshi 10 sotixga Perfekto 17,5 sus.k. (20-30 ml), Karate 5% em.k., Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g), Koragen 200 k.e (xloratraniliprol) – 10l suvga 1,5-2 ml va g‘o‘za tunlamga Avaunt 15% em.k. (40 ml), Tayshin s.d.g. (10–12 g) preparatlari qo‘llaniladi. Biologik usulda kuya, kuzgi tunlam va g‘o‘za tunlami tuxumiga qarshi trixogrammma (har bir avlodga 1 g. dan 3 marta); qurtlariga qarshi (brakon 100 dona), so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi oltinko‘z, oqqanotga qarshi enkarziya, makrolofis entomofaglari qo‘llaniladi. Zang kanaga qarshi oltinko‘z entomofagi yaxshi samara beradi.
Kasalliklardan fitoftoroza, un shudring, fuzarioz va vertitsillioz so‘lish, mozaika, stolbur uchraydi. Un shudringga qarshi Lotos 10 % em.k (30 ml, 10 sotix maydonga), fitoftoroz, alternariozga Kurzat R n.kuk. (200– 250 g), Prokure 77,2% s.e.k. (1 l/ga) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60–70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Bu kimyoviy preparatlarni soha mutaxassislari bilan maslahatlashib qo‘llash zarur.
Hosilni yig‘ishtirish.
Pomidor mevalari poyasida to‘liq pishgan, lekin hali qattiq bo‘lganda etilgan hisoblanadi. Uning pishganini rangidan bilamiz, och yoki to‘q qizil rangga kirgan mevalarni yig‘ib olinadi. Terilgan pomidorlarni salqin joyga qo‘yish lozim. Ba’zida ko‘k pomidorlarni birinchi qattiq sovuq tushishidan oldin terib olib, salqin nam joyda saqlashga qo‘yiladi. Pishgan pomidor vaqtida terib olinmasa poyasida chirishi mumkin. Xosil o‘suv davri davomida qo‘lda 12-16 marta terib olinadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 4760 dona ko‘chat uchun 714 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1775500 so‘mni tashkil etadi. Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 2000 so‘mdan sotilganda 7 mln. so‘m bo‘ladi. SHunda 10 sotix maydondan 5 mln. 224 ming so‘m sof foyda olish mumkin.
Download 20.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling