Yettinchi amaliy mashg’ulot


Download 36.5 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1146264
Bog'liq
7-amaliy mashg\'ulot nazariy

YETTINCHI AMALIY MASHG’ULOT




MASHG’ULOT MAVZUSI

Topshiriqqa muvofiq jo‘natish marshruti algoritmini ishlab chiqish




MASHG’ULOT MAQSADI:
Topshiriqqa muvofiq jo‘natish marshruti algoritmini ishlab chiqish jarayonlarini o‘rganish.
NAMUNAVIY MASALALAR YECHIMI
VA MUSTAQIL ISH UCHUN MASALALAR
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Kurs ishi topshirig’ida berilgan yo’nalish bo’yicha poyezni jo’natish (qabul qilish) marshrutini tuzish algoritmi ishlab chiqildi. Algotirm tuzish ketma-ketligida birinchi o’rinda tuziladigan marshrut yo’lidagi barcha strelkali va strelkasiz uchastkalar, qabul qilish-jo’natish yo’llari bo’sh yoki bandligi tekshiriladi. Barcha yo’l uchastkalari bo’sh bo’lgan taqdirdagina marshrut tuzishga ruxsat beriladi. Shundan so’ng jo’natish (qabul qilish) marshrutida tarkibiga kiruvchi strelkalar holati tekshiriladi. Agar strelka holati berilgan marshrutga mos kelsa algoritmning keyingi qismiga o’tishga ruxsat beriladi. Aks holda strelkani kerakli holatga o’tkazish buyrug’i beriladi va strelka qaytadan tekshiriladi. Agar kerakli natija olinsa algoritm davom ettiriladi, aks holda nosozlik qayd qilinadi. Shu ketma-ketlikda marshrutga tegishli barcha strelkalar holati tekshiriladi. Barcha strelka va uchastkalar tekshirib bo’lingandan so’ng marshrut tuzishga ruxsat beriladi va svetoforning ruxsat chirog’ini yoqishga buyruq beriladi.
Har bir uchastkalar va strelkalar holatini nazorat qilish, strelkani boshqarish, svetoforni ochish buyruqlari mikroprotsessorning oyoqchalariga biriktiriladi. Algoritmda uchastkalarning bo’shligini biriktirilgan MP oyoqchalariga kiriyotgan “1” signali bilan, bandligini esa “0” signali bilan aniqlanadi. Strelkalar holati holati ham shu tartibda ya’ni strelka “Q” (pilus) holatida bo’lsa “0” signali orqali, “-” (minus) holatida bo’lsa “1” signali orqali nazorat qilinadi. Strelkalarni o’tkazish buyruqlari: strelkani “Q” holatga o’tkazish uchun “0” signali, “-” holatga o’tkazish uchun “1” signali beriladi. Shu bilan birga svetoforning ruxsat chiroqlarini yoqish, nosozlik haqida ma’lumot berish va marshrut chiroqlarini yoqish buyruqlari “1” signalini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ch5 svetofordan jo’natish marshrut topshirig’i algoritmi va 5P dan chiqib ketishda poyezd harakatlanadigan barcha yo’l qismlari harakat xavfsizlgi shartlarini tekshiradi. Ushbu poyezdlaring xavfsiz harakatlanish shartlari quyidagicha:
UP-62 bloki ( rele P1 kontakti) va SP-69 (rele SP69 kontakti)- marshrutga kiruvchi strelkali va yo’l uchastkalari, stantsiya gorlovinasi har qanday harakat birligidan bo’sh bo’lishi kerak;
S bloki (rele PK, MK va VZ kontakti) marshrutga kiruvchi strelkalar mexanik qulflangan, harakatlanuvchi ostryak uchi va rama relslari orasidagi masofa 4 mm dan kam bo’lishi, ajralgan ostrak bilan rama rels orasidagi masofa 125mmda kam bo’lmasligi rerak.
PS blokiboshlovchi strelkali blok, nazorat qilish uchun va ikki xil (bittali va bog’langan) strelkalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Initsalizatsiya – portlarni sozlash, kirish(”1”-input) va chiqish(“0”-output) ga bog’lik holda. Boshlash va tugash algoritmi – N (boshi) va K(oxiri) marshrut knopkalarini bosgan xolda.
UM- Marshrutni o’rnatish.
1-rasm. Marshrutni 1-yo’ldan jo’natish algoritmi

3. Amaliy mashg’ulot uchun topshiriq
1. Marshrutlarni tayyorlash algoritmining tamoyillarini o‘rganish
2. Marshrutlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish tamoyillarini o‘rganish
3. Marshrutlarni stansiyadan yuborish uchun algoritmni tuzing


4.Ishni bajarishga doir ko‘rsatmalar
1. Marshrutlarni tayyorlash algoritmi tamoyillari bilan tanishing
2. Marshrutlarni stansiyadan yuborish uchun algoritmni tuzish tamoyillari bilan tanishing


NAZORAT SAVOLLARI
1. Marshrutlarni tayyorlash algoritmi haqida umumiy ma’lumot
2. Marshrutlarni stansiyadan yuborish uchun algoritmni tuzish tamoyillari haqida umumiy ma’lumotlar
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling