Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda


Download 21.5 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1638072
  1   2   3   4
Bog'liq
EUD Agri-Food Article 2 Approved


Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda

Iqlim oʻzgarishi allaqachon butun dunyo boʻylab insonlarning hayotiga ta’sir qilmoqda. The Economist Intelligence Unit (The EIU) tomonidan ishlab chiqilgan yangi asosga koʻra, 2050 yilga borib, iqlim oʻzgarishi tufayli global yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 3 foizga kamayadi. Kelajakdagi istiqbollar xavotirli va Oʻzbekiston bundan mustasno emas. Markaziy Osiyoda joylashgan Oʻzbekiston ikki karra dengizga chiqish imkoniyati yoʻq davlatdir. Shuning uchun u asosan qurgʻoqchil iqlimga ega boʻlib, bu iqlim oʻzgarishining mamlakatga ta’sirini yanada kuchaytiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo kengashining maʼlumotlariga koʻra, asr oxiriga borib Markaziy Osiyoda harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan oshishi, ekstremal iqlim hodisalari tez-tezligi va allaqachon qurib qolgan hududlarda yogʻingarchilik kamayishi kutilmoqda.


Qishloq xoʻjaligi sohasi ham iqlim oʻzgarishiga asosiy hissa qoʻshuvchilardan biri, ham uning oqibatlaridan eng koʻp jabr koʻrayotgan sohadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi tizimi hozirgi vaqtda issiqxona gazlari chiqindilarining uchdan bir qismini ishlab chiqaradi va atrof-muhitga yanada kengroq salbiy ta’sir koʻrsatadi. Ayniqsa, chorvachilik sohasi issiqxona gazlari chiqindilarining katta qismi uchun javobgardir. Boshqa tomondan, qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishchilar iqlim oʻzgarishi oqibatlari oldida eng zaif boʻlganlar qatoriga kirishadi.




Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi boʻyicha yangi tadqiqot

2022-yilda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Yevropa Ittifoqining Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish dasturi (ASK) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida iqlim oʻzgarishining Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasiga ta’siri oʻrganildi. Tadqiqot Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi.


Tadqiqot uchun ularning mutaxassislari respublikaning iqlimi har xil boʻlgan uchta hududini tanladilar: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari. AquaCrop, SPHY va WEAP modellaridan foydalangan holda ular 2059 yilgacha ushbu hududlardagi asosiy ekinlar, bogʻdorchilik, chorvachilik va qishloq xoʻjaligidagi sugʻorish suvlariga toʻrtta ssenariy - oʻrtacha, issiq-quruq, iliq-nam va quruq iqlim oʻzgarishi ta’sirining prognozlarini ishlab chiqdilar.


Ularning natijalari shuni koʻrsatdiki, 2050 yilga borib harorat 1 dan 2,5 darajaga koʻtariladi, yogʻingarchilik miqdori +/-20% ga oʻzgaradi, oylik sugʻorish uchun suv esa 20-35% ga kamayadi. Kartoshka hosildorligi 2050 yilga kelib 50% gacha kamayishi mumkinligi aniqlandi. Paxta, gʻalla, olma, kartoshka va pomidor hosildorligi 12-50 % ga kamayishi kutilmoqda. Iliq nam ssenariysining ta’siri yumshoqroq, ammo baribir hosilning 10% pasayishini koʻrsatdi. Tabiiy yaylov va beda hosildorligi koʻp hollarda yuqori boʻlishi kutilmoqda, ayniqsa beda ekini iqlim oʻzgarishiga chidamli ekanligi aniqlandi. Shunga qaramay, Qashqadaryodagi quruq yaylovlarning hosildorligi issiq-quruq ssenariysida ham 50 foizga kamayishi mumkin. ASK Facility guruhi rahbari Adrian Nilning aytishicha, “Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilayotgan ushbu maydonlarning 50% dan ortig‘i, agar oqibatlarni yumshatish yoki moslashtirish choralari ko‘rilmasa, kelgusi 20-30 yil ichida hosildorlikning sezilarli kamayishiga duch keladi.”



Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling