Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda


Iqlim oʻzgarishini yana kun tartibiga qoʻyish


Download 21.5 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1638072
1   2   3   4
Bog'liq
EUD Agri-Food Article 2 Approved

Iqlim oʻzgarishini yana kun tartibiga qoʻyish


Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining toʻqqizta ustuvor yoʻnalishlaridan biri “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash” deb belgilangan. Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha harakat qilish zarurligini e’tirof etgan Yevropa Ittifoqi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashni o‘zining ustuvor vazifasi qilib belgilagan. Masalan, yaqinda qabul qilingan Yevropa Yashil kelishuvining maqsadlaridan biri 2050 yilga kelib uglerod neytralligiga erishishdir. Bu maqsadga erishishning muhim yoʻllaridan biri fermerlikni biologik xilma-xillik va iqlimga mosroq qilishdir. Iqlimga mos keladigan amaliyotlarni toʻgʻri joriy etish orqali fermerlik nafaqat issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishi, balki uglerodni sekvestrlashi, biologik xilma-xillikni oshirishi va ekotizimlarni qayta tiklashga yordam berishi mumkin.


Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston hukumati bilan hamkorligi orqali iqlim oʻzgarishi kabi eʼtibordan chetda qolgan masalalarni yana kun tartibiga qoʻyishga yordam bermoqda. Bu sohadagi koʻp yillik tajribasini hisobga olsak, u siyosat boʻyicha maslahatlar va texnik ma’lumotlar uchun ajoyib manba hisoblanadi.


“Tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishimiz zarur, buning uchun hamkor davlatlarning yordami va ilgʻor tajribasidan foydalanishimiz zarur. Bu amaliyotlar qatoriga Yevropada ishlab chiqilgan, resurslardan eng barqaror va samarali foydalanish mumkin boʻlgan amaliyotlar kiradi”, - deydi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher Toʻrayev.


Jumladan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ASK Facility 2020-yildan buyon Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda texnik koʻmak koʻrsatib kelmoqda. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda ASK Facility “Qishloq xoʻjaligidagi iqlim xavfi va moslashuvini baholash” tahliliy va maslahat dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur iqlim oʻzgarishining potentsial taʼsirini tahlil qilish hamda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohasi uchun moslashuv va oqibatlarni yumshatish choralarini ishlab chiqish orqali Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektorining mahsuldorligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.


“Suv va tuproq kabi tabiiy resurslardan barqaror foydalanishga yoʻnaltirilgan izchil milliy siyosat asosini yaratish, shuningdek, dalillarga asoslangan materiallarni taqdim etuvchi ma’lumotlar va axborot tizimlarini toʻgʻrilash hamda aholi, xususiy sektor va davlat organlarining iqlim oʻzgarishi haqidagi xabardorligini oshirish juda muhim.”, - deydi Adrian Nil, ASK Facility guruh rahbari.





Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling