Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda


Iqlim boʻyicha oqilona amaliyotlarni tadbiq etish


Download 21.5 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1638072
1   2   3   4
Bog'liq
EUD Agri-Food Article 2 Approved

Iqlim boʻyicha oqilona amaliyotlarni tadbiq etish


Oʻzbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining oʻzi ham Yevropa Ittifoqi mutaxassislari koʻmagida ishlab chiqilgan. Strategiyaning qabul qilingan baʼzi chora-tadbirlari fermerlarning iqlimga mos texnologiyalarni oʻzlashtirgan yer gektarlari sonini koʻpaytirishiga olib keldi: 2017-yildagi nol gektardan 2020-yildagi 200 ming gektargacha. Tavsiya etilgan chora-tadbirlar mevali daraxtlarni koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligi jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish va oʻgʻitlardan yanada oqilona foydalanishni oʻz ichiga oladi. Ushbu oʻzgarishlar ekin yetishtirishda koʻproq xilma-xillikni ragʻbatlantirishga yordam beradi va shuning uchun fermerlarning iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflar ta’siriga chidamliligini oshiradi.


Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston uchun Koʻp yillik indikativ dasturiga (2021-2027) koʻra, raqamli vositalar va Yevropa Ittifoqining sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari bilan ulashish, shuningdek, iqlim boʻyicha aqlli amaliyotlarda, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash hamda iqlim bilan bogʻliq xavf-xatarlarga chidamlilikka yordam beradi. Yevropa Yashil kelishuvi va uning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat boʻyicha strategiyasi, “Fermadan vilkagacha” strategiyasiga muvofiq, qoʻshimcha salohiyatni oshirish harakatlari investitsiya va biznes muhitini yaxshilashga, iqlimga mos yashil investitsiyalarga va ayollar hamda yoshlar uchun yashil moliyadan foydalanishni osonlashtirishga qaratilgan boʻladi.


Nihoyat, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi barqarorligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishi chorvachilik sohasidir, chunki u iqlim oʻzgarishiga katta hissa qoʻshmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining FAO tadqiqotiga koʻra, barcha antropogen issiqxona gazlari chiqindilarining 14,5 foizi chorvachilik mahsulotlaridan chiqadi. 2020-yilda Oʻzbekiston hukumati Yevropa Ittifoqining texnik koʻmagida chorvachilik boʻyicha yangi strategiya va yoʻl xaritasini tayyorladi. Strategiya yanada mustahkam, inklyuziv va barqaror chorvachilik sohasiga yoʻl ochadi. Bu nafaqat iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi, balki Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.





Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling