Yevropa Ittifoqi yi bayrogʻi Shior: „In varietate Concordia“ (Kelishuv — har xillikda) Madhiya
Download 262.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Yevropa Ittifoqi - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy markazlari
- Maydoni — umumiy 7-oʻrinda 4 324 782 km² Aholisi
- Pul birligi YI pul birliglari roʻyxati Vaqt mintaqasi — yozgi vaqt UTC 0 dan +2 gacha UTC +1 dan +3 gacha Domeni
Yevropa Ittifoqi YI bayrogʻi Shior: „In varietate Concordia“ (Kelishuv — har xillikda) Madhiya: „An die Freude“ (Quvonch qasidasi) Siyosiy markazlari Belgium Brussel Lyuksemburg Lyuksemburg (shahar) France Strasburg Aʼzo davlatlar YI aʼzolari roʻyxati Rasmiy til YI rasmiy tillari roʻyxati Hukumat — Yevropa kengashi prezidenti — Yevropa komissiyasi prezidenti Donald Tusk Jean-Claude Juncker Asosi ( Bitimlar ) — Parij — Rim — Maastrixt — Lissabon 23-iyul 1952 1-yanvar 1958 1-noyabr 1993 1-dekabr 2009 Maydoni — umumiy 7-oʻrinda 4 324 782 km² Aholisi (2010) — Zichlik 3-oʻrinda 501 064 211 115,9 kishi/km² YIM ( XQT ) — jami — YIM/kishi 1-oʻrinda (2009) 14,793 trln $ 29 729 $ YIM (nominal) — jami — YIM/kishi 1-oʻrinda (2009) 16,447 trln $ 33 052 $ Pul birligi YI pul birliglari roʻyxati Vaqt mintaqasi — yozgi vaqt UTC 0 dan +2 gacha UTC +1 dan +3 gacha Domeni .eu Telefon kodlari YI telefon kodlari roʻyxati Rasmiy sayt https://europa.eu/ Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. YI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar. [1] Download 262.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling