Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1180646
1   2   3
Bog'liq
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O\'zbekiston5565

Fargʻona neftni qayta ishlash 
zavodini jihozlash 81,5
21%
Energetika ishlab chiqarish 
quvvatlarini oshirish va Sirdaryo 
GRESning xalqaro andozalarga 
muvofiqligini taʼminlash 25,2
6%
Toshkent xalqaro aeroportini 
taʼmirlash, shuningdek, 
xavfsizlikni oshirish uchun 
maxsus jihozlar sotib olish 43,5
11%
Yevropa Tiklanish va 
Taraqqiyot Banki tomonidan 
Oʻzbekistonda oʻrta va kichik 
biznesni rivojlantirish 
maqsadida 120
31%
Hukumat kafolatisiz 
Oʻzbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy 
bankiga 60
15%
Hukumat kafolati bilan boshqa 
tijorat banklariga berilgan 60
15%
MLN $ HISOBIDA


O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochildi


Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki
prezidenti Suma 
Chakrabarti 
boshchiligidagi
delegatsiya a’zolari
mamlakatimizning
qator vazirlik va
idoralarida
uchrashuvlar o‘tkazdi. 
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev bilan
uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. YeTTB vakillariga Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot
berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda
qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Suma Chakrabarti
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni juda muhimligini, o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirishning yangi sahifasi ochilganidan g‘oyat mamnun ekanini alohida ta’kidladi.
• Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirishdan
manfaatdor ekani ta’kidlandi.
• S.Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlarda, iqtisodiyotning turli sohalariga sarmoya jalb etishda faol ishtirok etish istagini
bildirdi.
• Hamkorlikda metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish,
infratuzilma, sarmoya, sanoat, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalarda
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar xususida so‘z yuritildi.
• Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi va O‘zbekiston Respublikasi bilan YeTTB
o‘rtasida Markaziy Osiyo uchun ekologiyani qayta tiklash bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazish
to‘g‘risida hadli bitim imzolandi.
• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyoti
barqaror rivojlayotgani, keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizdan yuqori bo‘lib
kelayotgani ta’kidlandi.


• Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan profitsit bilan bajarilmoqda. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy
saldosi ta’minlanayotir. Iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi har yili qariyb 10 foiz o‘smoqda.
YeTTB delegatsiyasiga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish, uning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasida belgilangan chora-
tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi muloqotda mamlakatimizda xususiy sektor ishonchli himoyalangani, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi qariyb 57 foiz, sanoatda 45 foizga yetgan. 2016-yilda 
2015-yilga nisbatan 18 foiz ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 5-oktabrdagi farmoni tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Evropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasida ham muzokara o‘tkazdi.


• O‘zbekiston boy tarixi, zamonaviy infratuzilmasi, turizm salohiyati bilan sayyohlarni jalb etayotgani ta’kidlandi. Mehmonlar mamlakatimizda
turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-
dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xalqaro
hamkorlikka keng yo‘l ochgani qayd etildi.
Delegatsiya a’zolari mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish uchun mehmonxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, transport 
kommunikatsiyasini taraqqiy ettirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko‘maklashish, turli festivallar va sport musobaqalarini tashkil etish
kabi masalalarda hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
YeTTB delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazida ham bo‘ldi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti poytaxtimizdagi press-klubda muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot
anjumani o‘tkazdi.


O‘zbekiston Prezidenti Osiyo
taraqqiyot banki prezidentini qabul
qildi(03.03.2017)
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Osiyo
taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi. 
• Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari
va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni
amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi
o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan
ta’kidladi. 
• Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni
tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun
bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan. 
• Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz
qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya
qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, mamlakatimizning turli
hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya obyektlarini rekonstruksiya qilish, 
Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini
elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa
loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga
oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi. 


Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini
oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, 
agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yo‘l-transport 
infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish, 
energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va
boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi
ta’kidlandi.
OTB prezidenti samimiy qabul va o‘zaro sheriklik
munosabatlarini mustahkamlashni qo‘llab-
quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur
minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki
O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni
rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
OTB delegatsiyasining mamlakatimiz vazirliklari va
idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha
bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan
holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv
ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini
rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish
bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao 
Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, 
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan
investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling