Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li
Uchrashuvda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O\'zbekiston5565
Uchrashuvda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur
doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularni yanada rivojlantirish uchun kredit mablag‘larini ajratishga qaratilmoqda. • 2017 - yil 18-oktabr kuni Londonda YeTTB Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun ikkita loyiha ma’qullandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etilishi tasdiqlandi. Bundan 70 million AQSh dollari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yakuniy qarz oluvchilarini, 30 million dollari savdo sohasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kreditdan maqsad kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, jumladan, mamlakatimiz mintaqalaridagi tadbirkorlarni o‘rta muddatli moliyalashtirish imkoniyatini yaxshilashdan iborat. • Bundan tashqari, meva sharbati, konsentratlar, sabzavot pastasi va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Agromir Juice» MChJ qo‘shma korxonasiga 10 million dollar miqdorida kredit liniyasini taqdim etish ma’qullandi. Ushbu kredit YeTTB tomonidan Samarqand viloyatida zamonaviy ombor majmuasini qurish uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi va kompaniyada yagona boshqaruv tizimini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. • Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, Direktorlar kengashining qarori tarixiy va misli ko‘rilmagan voqea hisoblanadi, chunki YeTTB avval biron-bir davlat bo‘yicha Mamlakat dasturi tasdiqlanmagunicha loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullamas edi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berilayotganidan dalolatdir. • Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti F.Bennetning 2017- noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilmoqda. • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bu YeTTB tomonidan moliyalashtirish ochilishining boshlanishi, xolos. Hozirgi vaqtda bank tomonidan mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur ma’qullanganidan so‘ng bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi yanada kengayadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yillarida iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga 500 million dollardan ziyod mablag‘ jalb qilinib, buning samarasida 54 loyiha hayotga tatbiq etildi. (09.11.2017) • Mamlakatimizga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida tashkil etilgan mazkur marosimda vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartining shu yil mart oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan. Kichik va o‘rta korxonalar uchun maslahat berish va moliyalashtirish xizmatlari ehtimoliy dasturi, transchegaraviy savdo va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan savdoni moliyalashtirish, texnologiyalar va nou-xaular almashinuvini ta’minlash imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish vazifalari shular jumlasidandir. • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yillarida iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga 500 million dollardan ziyod mablag‘ jalb qilinib, buning samarasida 54 loyiha hayotga tatbiq etildi. • 2017 - oktabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun dastlabki ikki loyihani bir ovozdan tasdiqladi. Mazkur loyihalar kichik va o‘rta biznes, savdoni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Milliy bankiga ajratiladigan 100 million dollar qiymatidagi kredit liniyasi, shuningdek, meva sharbati ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Agromir» xususiy kompaniyasiga ajratiladigan 10 million dollarlik zayomdan iborat. Ayni paytda moliya, qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarida, shuningdek, joylardagi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qo‘shimcha sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqilmoqda. YeTTB «Kichik biznes uchun maslahatlar» dasturini ham ishga tushirdi. Uning doirasida birinchi loyihalar boshlab yuborilgan. Tadbir doirasida Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida suv va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid qiymati qariyb 215 million AQSh dollarlik beshta hujjat imzolandi. Bu loyihalar aholi salomatligi va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu kuni F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan tanishdi. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling