Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish
Download 46.65 Kb.
|
tarix
Kunstkamera – bu san’at kabineti ma’nosini anglatadi. san’at ma’nosida insonning qo’li bilan yaratilgan nodir namunalar tushuniladi. Lekin bu yerda san’at deganda, faqat inson tomonidan yaratilgan noyob va nodir, tabiatdan noyob narsalar tushunilgan. kunstkameraning asos bo’lishiga sabab, insoniyatning noyob narsalarga qiziqishi bo’lgan7.
kunstkamera – nemischa so’z bo’lib, u tarixiy xarakterga ega bo’lgan badiiy sanoat, tabiiy, ilmiy durdonalarning kolleksiyalari nomini hamda ularni saqlash joylarini bildiradi. Bu yerda har xil ajoyibotlar, kam uchraydigan buyumlar, tarixiy shaxsga yoki hodisalarga asoslangan yig’malar yig’ilgan. XVI–XVIII asrlarda kunstkameralar har bir knyaz hovlisining asosiy mulki hisoblangan. hozirda bu termin qoldirilgan, ilgari kunstkameralar yopilgan yoki har xil muzeylarga tarqatib berilgan. kunstkamera ko’rinishida tashkil etilgan ilk ma’lumotlar 1552-yilga tegishli bo’lib, Venada vujudga kelgan va imperator Ferdinnans Gabsburg nomi bilan bog’liq. Drezden kunstkamerasi tashkil etilgan. saksoniyalik kultyursi Avgust II rezidensiyasida, yozma ma’lumotlarga qaraganda 1565-yilda Myunxenda ham kunstkamera bo’lgan ekan. Uning asoschisi Albert Vittelsbarg (1550-1579) bo’lgan. Boshqa yana shunday 2 ta kunstkameraning paydo bo’lishi gabsburglar sulolasi bilan bog’liq. kunstkamerada faqat tabiat namunalari aks etadigan bo’lsa, ularga albatta, ba’zi mamlakat hamda kontinentlardan turli hayvon turlari, gerbariylar olib kelingan. Tabiat namunalari orasidan mamontlarning suyak qismlari, malyuskalarning chig’anoqlari, kokos yong’og’i, turli shaklda qotib qolgan minerallar, yantar va koral, prematlar orasida magiyaga bog’liq buyumlar bo’lishi mumkin8. shunday kunstkameradan, masalan, Rossiyada ilk kunstkamera Buyuk Pyotr tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u Gollandiyaga birinchi borishidayoq juda ko’p qushlar, baliqlar va qimmatbaho buyumlarni olib kelish bilan boshlangan. Bu kolleksiya anatomik preparatlar va anamaliyalar bilan birgalikda Moskvadagi “Arxeatr Arisk” dorixonasida saqlangan. 1714-yili bu to’plam Peterburgga olib kelinib, eski yozgi saroy kutubxonasida kunstkamera tashkil qilinadi. kunstkamera Pyotr I ning 1716-yilda Peterburgga qilgan safarida yanada boyidi. Gdanskda mineral, nodir toshlar, rakvinalar, Amsterdamda Ryushning anatomik kabinetida spirtda saqlangan hayvonlar, baliqlar, ilonlar, hasharotlarning to’plamini sotib olgan. 1718-yili Rossiyaning barcha chekkalaridan har xil arxeologik topilmalarini kunstkameraga olib kelish to’g’risida farmon chiqardi. 1722-yilda kunstkameraning kutubxonasi bilan birga binosi qurib bitkazildi. Fanlar Akademiyasini ochilishi bilan kunstkamera hamda kutubxona Fanlar Akademiyasiga o’tdi. o’tgan yillar ichida kunstkameraning to’plamlari akademiyaning turli muzeylariga tarqatildi. Faqatgina Buyuk Pyotr kabineti saqlab qolindi, bu yerda shohning kiyimlari, quroli, jihozlari, shuningdek, uni o’rab turgan barcha narsalar va uning qo’li tekkan narsalar: tokarlik buyumlari va dastgoh modellari va boshqalar saqlanadi. 1837-yilda bu to’plam tartibga keltiriladi.1843-yilda esa kema modellari kabinetdan Bosh admeralikka beriladi, Pyotrning kitoblarini esa gidrografik depoda saqlash buyuriladi. nihoyat, 1851-yilda kabinetning barcha buyumlari ermitajga berilib, unda alohida bo’lim tashkil etiladi va bu bo’lim “Buyuk Pyotrning kabinetlari” deb nomlanadi. Germaniyada san’at buyumlari bilan bir qatorda ajoyibotlar kolleksiyalari ham yig’ila boshlagan, ular vunderkameralar edi9. Download 46.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling