Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish


Uyg’onish davri kabinet va galereyalari


Download 46.65 Kb.
bet3/11
Sana21.04.2023
Hajmi46.65 Kb.
#1372005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tarix

Uyg’onish davri kabinet va galereyalari


  1. Uyg’onish davri tushunchasi.

  2. Uyg’onish davri galereya va kabinetlari ilk galereya va kabinetlarning qanday ko’rinishga ega bo’lganligi:

  1. kunstkamera;

  2. myunskamera;

  1. vunderkamera;

  2. shatskamera tushunchasi.

  1. Renessans xususiy kolleksiyalari.

  2. “Muzey” atamasining Renessans davrida qayta tiklanishi.

  3. studiola.

Uyg’onish davri deyilgan madaniy va ma’rifiy tafakkur yuksalish davri hisoblanadi. XVI-XVI asrlarda G’arbiy Yevropada bu davr boshlanib, Renessans deb atalgan.
Bu masala bilan shug’ullanuvchi olimlar Uyg’onish davrini o’rta asrlar turg’unligidan yangi davrga o’tish bosqichi deb atashgan. G’arbiy Yevropada uyg’onish davri o’z -o’zidan yuz berib qolmagan, G’arbiy Yevropa Uyg’onish davrining asosiy belgilaridan iborat.
1–insonni ulug’lash, uning iste’dodi, aqliy mohiyatlarini yuzaga chiqarish;
2–antik davrlar (qadimgi Yunon va Rim madanyayini tiklash va boyitish.
Ilm-fan sohasida qo’lga kiritilgan yutuq va buyuk geografik kashfiyotlar odamlarning olam haqidagi taassurotlarini o’zgartirib yubordi. Ayni paytda madaniy aloqalarni kengayishiga imkon yaratdi. Uyg’onish davrining vatani Italiya bo’ldi. Italiyaning boy savdogarlari manufaktura egalari, bankirlar bo’sh vaqtlarini o’qish va ilm o’rganish bilan o’tkazganlar. Ular kundalik hayotlarini chiroyli qilishga, u dunyoning emas, bu dunyoning hayotiy ne’matlaridan bahramand bo’lishga intilganlar, qolaversa, ular ilm-fan va san’at ravnaqiga homiylik qilganlar. Badavlat kishilar mahobatli binolar qurishni boshlashgan, ularning ichini suratlar, devoriy bezaklar va haykallar bilan bezashgan, noyob san’at asarlarini yig’a boshlashgan.
Renessans davri o’z taraqqiyotini XV-XVI asrlar boshidan kechirgan, ya’ni madaniyat tarixida Uyg’onish deb nom oldi.
Bu iborani Italiyalik rassom va sanatshunos Jorjo Vazari Italiyada uzoq o’rta asrdan so’ng yana qaytadan uyg’onganligi sababli ishlatgan va asosan Jotto ijodiga nisbatan qo’llanilgan edi. keyinchalik esa keng mazmunni kasb etib, Italiyada, so’ngra Yevropaning boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan. o’rta asrlar davridan farq qiladigan san’atni ta’riflash uchun qo’lanila boshlagan. Renessans davri o’z taraqqiyotini Italiyada to’liq namoyon etib, qator bosqichlarni boshidan kechirdi. Bu, asosan quydagilardan iborat:
1.Uyg’onish arafasi davri - Protorenessans (XIII-XVasrlar).
2.Ilk Uyg’onish davri – Botrachento (bu atama adabiyotlardagi italiyancha atama), (XV-asr).

  1. Duchento – XIV asr;

  2. Trachento – XV asr;

  1. kvatrachento XVI asr;

  2. Chinkvechento XVI asrning ikkinchi yarmi.

  1. Yuqori Uyg’onish davri (XV asrning 90-yillari, XVI asrning 20–30-yillari)

  2. so’nggi Uyg’onish davri (XVI asrning ikkinchi yarmi)

Uyg’onish davri taraqqiyoti hamma davlatlarda bir xil bo’lmagan. Masalan: Germaniyada so’nggi Uyg’onish davri, niderlandiyada esa Yuqori Uyg’onish davri taraqqiyotini boshidan kechirmagan. Uyg’onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich edi. Bu insoniyat shu davrgacha o’z boshidan kechirgan hamma o’zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o’zgarish edi. XV asrda Florensiyada yashab ijod etgan san’atkorlar Mozachcho, Donatello, Bruneleski va ularning izdoshlari o’z ijodlarida Uyg’onish davri san’ati prinsiplarini namoyon etdilar. Ilk Uyg’onish davrida antik san’atga qiziqish yanada ortdi, hayotni chuqur o’rganish asosida san’atkorlar fikr doirasi yanada kengaydi bu davrda ulkan binolar, g’oyat katta gumbazli va qator ustunli sobor, saroy va ibodatxonalar qurildi.
Renessans kolleksionerlari o’zlarining yig’malarini tarqatishda har xil atamalardan foydalanishgan. Bu atamalar ichida eng keng tarqalgani–galereya va kabinet so’zlaridir.

Download 46.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling