Yevropada O’rta asrlarda kolleksiya yig’ish


Rimdagi Papa hovlisidagi kolleksiya


Download 46.65 Kb.
bet9/11
Sana21.04.2023
Hajmi46.65 Kb.
#1372005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tarix

Rimdagi Papa hovlisidagi kolleksiya. Papalar milliy xazinalarini saqlash uchun qayg’urishgan, ular qazilma ishlar yordamida yoki rejasiz topilgan buyumlardir. kapitoliy tepaligidagi maydon va Belveder villasi hovlisidagi Laokon haykallar guruhi qadimgi Rim villasi prinsiplari asosida antikvarlar tuzilgan.
Pavel III ning farmoniga asosan Mikelanjelo kapitoliyni tartibga soldi. Targ’ibotchilik maqsadida Rim imperatorlari haykallari Papaning siyosiy va axloqiy tomonlarini ko’rsatdi. Bu kolleksiyani siyosatchilar, diplomatlar, gumanistlar, arxeologlar va rassomlar ko’rishgan.
XVI asrda Florensiyadagi Medichi kolleksiyasi. 1532-yilda florensiyalik Medichi taxtga chiqib, monarxiya tuzumini o’rnatdi. Medichilar o’z davlatidagi qazilma ishlarini mablag’ bilan ta’minlagan. Rim, Yunon, Misr madaniyati namunalari, haykallar, ajoyibotlar, medallar va miniatyuralar shular jumlasidandir.
1559-yili Ufitssi saroyi quriladi. Kozimoning o’g’li Franchesko II Djorjo Vazariga Palasso Vekkioda haykallar majmuasini yaratishni, ya’ni kolleksiyalar va rassomlar haqida studiola tayyorlashni topshirdi. siyosiy arboblar bu yerga kelib turishar edi. so’ng u binoning ikkinchi qavatini qurishni boshladi. Birinchi qavatida galereya bo’lib, u yerga tomoshabinlar kelar edi. keyinchalik ko’prik ostiga ikkinchi saroy orasiga qimmatbaho buyumlar kolleksiyasi qo’shiladi. sakkiz burchakli xonani qimmatbaho buyumlar bilan yasatishgan, o’rtada esa Franchesko II hayoti tasvirlangan Tribuna zali joylashgan.
Mantuanlik Izabella Estening grotto g’ori. Montuan markizasi XVI asr oxirida yashagan. Istanbulning har xil hududlaridan alohida antik san’at namunalari to’plangan, Di santio Jordjio sur’atlar galereyasi, studiolasi va haykallar kolleksiyasi (bog’dagi grotto ) shular jumlasidan. Bu yerda antik davr san’ati bilan uyg’onish hozirgi davr san’ati tenglashadi. Bu yerda eng yaxshi rassomlar galereyasi tashkil qilinadi.
Venetsiyalik Grimanining haykallar ko’rgazmasi. Venetsiyalik kolleksioner koordinant Domeniko Grimani 1523-yilda arxeologik topilmalar va rasmlardan iborat boy kolleksiyasini yig’di. haykallar (beshta haykal, o’n oltita byust, o’n ikkita imperator portreti) Venetsiyaga meros qilib qoldirilgan bo’lib, ular yomg’irlar saroyiga qo’yilgan edi. Lekin oradan 50 yil o’tkach, uni bergan egasi haqida unutishdi va ekspozitsiyasini olib qo’yishdi.
shunda Jovanni jiyani rasmlarini merosxo’ri sifatida o’zini shaxsiy kolleksiyasini Venetsiyaga shart bilan berdi. Bu shart asosida uni katta ko’rgazma qilib ko’rsatishi kerak edi. kolleksiyada 217 ta haykallar bo’lib, keyinchalik ular san Marko sobori kutubxonasiga qo’yildi va bu antikvariya g’oyalarini rivojlanishida kerakli bosqich bo’lib xizmat qildi.

Download 46.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling