Yevropaning iqlimi va ichki suvlari


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1142502
1   2
Bog'liq
1350805535 19037

Ichki suvlari.
Yevropa ichki suvlari asosan Atlantika xavzasiga kiruvchi daryolardan iborat. Yevropa xududining relyefining notekisligi va parchalanganligi xududida tarqalgan daryolar xavzalarining kichikligi va kattaligiga sabab bo`ladi. Yevropa ichki suvlariga juda boy.
Bunga asosiy sabab xududda yog`inni ko`p yog`ishi va ko`plab xududlarda qoplama jinslarni juda ham yupqa ekanligi sabab bo`ladi.
Yevropa daryolarini suv rejimi va vodiy marfologiyasiga ko`ra bir necha tiplarga bo`linadi. Fenoskandiya daryolari 3 ga asosiy tipga bo`linadi.
1. Norvegiya tipi.
Bu daryolar sho`x, tez, qisqa va fordlarda sharshara hosil qilib oqadi. Ular asosan muzlik va tog`dagi qorlarda hamda muz va qor suvlaridan to`yib bahor va yozda to`yinib oqadi.
2. Sharqiy Skandinaviya daryolari.
Daryo vodiylari va havzalari uncha yaxshi tarkib topmagan, yosh, to`rtlamchi davr muzliklari izlari yaqqol ko`rinadi. Daryolarda sharshara, ostonalar va tezoqar joylar ko`p uchraydi. Bu daryolarga Glomma, Dal-Elven va Tornio-Yoki daryolari misol bo`ladi.
3. Finlandiya tipi.
Bu tipdagi daryolar bir muncha keng, o`zanlari uncha yaxshi rivojlanmagan. Mo`tadil iqlim mintaqaning janubiy qismi daryolari ham suv rejimi vodiylarining morfologik xususiyatlariga ko`ra alohida tiplarga bo`linadi. Bu daryolarning 1-tipi Atlantika soxili daryolari bo`lib, ularga Penza, Severn, Quyi Sena daryolari misol bo`ladi.
Ular bug`lanish darajasining kamligidan juda sersuv daryolardir.
Ikki mo`tadil iqlim daryolari yil davomida bir tekisda oqadi.
Germaniya-Polsha tekisligi sharqining o`tkinchi iqlimi tipidagi daryolar Odra tipidagi daryolarni hosil qiladi. Ularni suv rejimi bir hilda emas. Ular yomg`ir va qor suvlaridan to`yinadi. Bu daryolarga Visla va Odra misol bo`ladi. Ular asosan yomg`ir va qor suvlaridan to`yinib qishda muzlaydi. Bahorda to`planib qolgan qorlarning erishi natijasida juda ham to`lib oqadi.
Dunaybo`yi tekisliklari daryolari rejimi yuqoridagi daryolarga o`xshaydi. Ular aralash to`yinadi.
O`rtacha balandlikdagi gersin tog`lari daryolari ikki marta to`lib oqadi va ikki marta suvi kamayadi. Daryolar ancha sersuv va tez oqadi. Ularning vodiylari nisbatan chuqur va tor, nishabligi yuqori bo`ladi. Bu daryolarga Dunay, Elba, Odra, Luara yuqori oqimlari qiradi.
Alp tipidagi daryolarning muz va doimiy qorlardan iborat katta suv zahirasi mavjud. Ularga Yuqori Reyn, Dunayning alp tog`laridan boshlanuvchi irmoqlari, Rona, Po daryolarining ba`zi irmoqlari kiradi.
O`rtadengizbo`yi daryolari rejimi asosan yomg`ir bilan bog`liq. Qishda to`lib oqadi, yozga kelib bug`lanishning ortishi natijasida ba`zi daryolar butunlay qurib qoladi. Ularga Ebro, Tibr va Bolqon yarimorolining ba`zi daryolari kiradi.
Yevropaning yirik daryosi Dunaydir. U Murakkab tipdagi daryolarga mansubdir. Dunayning yuqori qismi ancha sersuv ava yozda to`lib oqadi. O`rta dunay pastekisligida Tisa daryosini qo`shib oladi. Shuningdek u o`zining ilon izi yunalishi buylab Vag, Drava, Sava, Shimoliy va Janubiy Morava kabi irmoqlarning qo`shib oladi. Bu irmoqlarning ko`pi qorlardan to`yinganligi uchun bahorda to`lib oqadi. Avgust, oktabr oylarida suvi kamayadi.
Quyi Dunay- tipik tekislik daryosi bo`lib, sekin oqadi, qayiri bir oz boqoqlashgan, dengizga yaqinlashgan sari tarmoqlanib delta hosil qiladi.
Yevropa juda ko`llarga boy. Asosiy ko`llar Venerin 5546 km, chayma - 1800 km, Jeneva 586 km, Bodin - 538 km.
Yevropada to`rtlamchi davri muz bosim davri qator ko`llarni hosil qilishga sabab bo`lgan. Ularning orasida Morena tektonik ko`lidir.

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar





  1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.

  4. Ryabchikov A.M. Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.

  5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.

  6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.

  7. Leontyev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. М: 1982.

  8. Ensiklopeditseskiy slovar geograficheskix terminov. M: 1968.

  9. www.ziyonet.net

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling