Yig’ilishbayoni №1


Download 171.5 Kb.
bet5/18
Sana07.03.2023
Hajmi171.5 Kb.
#1246152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Amaliy fanlar MB Bayyonnomasi

Yig’ilish raisi : O.Sa`diyeva
Kotiba: D.Qo`chqorova

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya, CHQBT) Metodbirlashmasining


YIG’ILISH B A Y O N I № 3
Sultonravot MFY 28. 10. 2022 yil


Metodbirlashma rahbari- O.Sa’diyeva
Metodbirlashma mas’ul kotibi- D.Qo’chqorova
Qatnashdi: Metodbirlashma a’zolari: 8 nafar
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
1. Metodbirlashma a’zolari tomonidan tashkil etiladigan ochiq darslarning tahlili va qayd etiladigan yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida;
2. Metodbirlashmada “Organ-o’rgat” tadbirlari bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar va ularning tahlili;
3. Fanlardan tashkil etilgan to‘garaklar, to‘garaklarda olib borilayotgan mashg‘ulotlarning ahvoli va ularning faoliyati monitoringi;


Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; U o’z so’zida metodbirlashma a’zolari tomonidan tashkil etiladigan ochiq darslarning tahlili va qayd etilgan yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida so’z olib bordi, darsga o’qituvchi kompyuter bilan darsga kirishlari, AKT savodxonligini bilishlari, yangi mavzu bo’yicha turli mavzuga oid yangi innavotsion o’yinlar yaratishlari, ko’rgazmalardan unumli foydalanish, darslarni mazmunli tashkil etish, darsda yutuqlarga erishish uchun o’qituvchi o’z ustida izlanishi zarur, o’qituvchilarga yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish, o’quvchilarga darsni mazmunli tashkil etish, dars davomida qiziqarli o’yinlar tashkil etish, berayotgan bilimni o’quvchilarga yetkazishdan iborat.
Eshitildi: Ikkinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; “Amaliy fanlar” metod birlashmasida “O’rgan-o’rgat” tadbirlari bo’yicha har bir metod birlashma a’zolari yangiliklardan xabardor bo’lib borishlari, yangi qarorlarni mazmun mohiyatini tushunib olishlarini hamda Davlat Ta’lim Standartida belgilab qo’yilgan vazifalarni mazmun mohiyati, o`quv dasturlaridan foydalanish, darsda o’quvchilarda shakllantirilayotgan kompetensiyalar va ularning mazmun mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Prezidentimiz tomonlaridan Yoshlarimizni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan har bir fan o’qituvchilari o’quvchilarni qiziqishlari bo’yicha ish olib borishlari aytildi.
Muzokaraga metod birlashma raisi O.Sa`diyeva so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolari qobiliyatli o’quvchilar bilan Xalq hunarmandchiliklari qo’l mehnatlari yasashlari aytdi.
Eshitildi: Uchinchi masala yuzasidan Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: SH.Shoyimova. U o’z so’zida o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda Amaliy fanlarning o’rni katta, har bir metodbirlashma a’zolari o’zlarining fanlari bo’yicha amaliy ishlarni bajarib borishlarini aytdi hamda o‘qituvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash uchun o‘qituvchilarni qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlash, ularni bilimlarini oshirish to’g’risida topshiriqlar berdi, to’gаrаk rаhbаrlаri, fаn o’qituvchilаri fаoliyatini rejаlаshtirish, ularning mahoratini oshirishda to’garak o’tiladigan kunlar va vaqtlari haqidagi axboroti tinglandi. Kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari haqida ham gapirib o’tdi. Joriy yilda to’garaklar faoliyatiga alohida e’tibor berilishi kerakligi haqida, qilinadigan ishlar haqida gapirildi. Metodbirlashmaning faoliyatida o’qituvchilarning to’garaklariga dars tahlili uchun kirish vazifalari va 2022-2023-o’quv yilida rejalashtiriladigan muhim masalalar haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi.

Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling