Yil 8-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat
Download 77.36 Kb. Pdf ko'rish
|
konstitutsiyaviy huquq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi muammo
Uchinchi muammo - R.Yo'ldoshev prokuratura organiga shikoyat qilganligi.
Prokuratura xodimi ushbu masala sudga tegishli deb shikoyatni rad etganligi. Bunda prokuratura xodimi to'g'ri ish tutganmi? Ta'kidlab o'tish joizki, Respublikamizda referendum va saylovlar aniq va shaffof o'tkazilishi jarayonini tartibga solish maqsadida "O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida"gi kabi (yangi tahrirda) qonun hujjatlari joriy etilgan bo'lib, ushbu masalaning yechimiga huquqiy nuqtai nazardan to'g'ri yondashish uchun ulardan ko'mak olamiz. Birinchi muammoga keladigan bo'lsak,"O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida"gi qonuni(yangi tahriri)ning 26-moddasida shunday deyilgan: "Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi ". Demak, ro'yxat masalasida muammo bo'lmasligi kerak to'g'rimi? To'gri. Unda muammo nimada? Muammo ushbu moddaning so'nggi bandida joylashgan. E'tibor bering: "Har bir fuqaro ovoz beruvchilarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin". Anglashilmovchilikning sababi ham shuning ortidan kelib chiqdi. Ma'lumki, ovoz beruvchi fuqarolarning ro'yxatlari ovoz berish kuniga o'n kun qolganda referendum o'tkazuvchi uchastka komissiyasi ro'yxat bilan tanishish joyi va vaqti to'g'risida fuqarolarni xabardor etadi.Bizning holatda fuqaroga tegishli bo'lgan xabarnoma uning doimiy ro'yxatda bo'lgan manziliga jo'natilgan va u o'sha yerdagi referendum o'tkazuvchi uchastka ro'yxatida bo'lgan. Bunda fuqaroning ism sharifi Uchtepa tumanidagi uchastkadan chiqmasligi aniq edi. Xo'sh,endi nima qilish kerak? Bizda bunga ham javob bor.Ushbu qonunning 28-moddasiga binoan "O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ovoz beruvchi fuqarolar ro'yxatidagi xato yoki noaniqlik to'grisida referendum o'tkazuvchi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin. Referendum o'tkazuvchi uchastka komissiyasi yigirma to'rt soat ichida bunday arizani tekshirib chiqishi va xatolarni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko'rsatilgan holda ma'lumotnoma berishi shart".
Download 77.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling