Ikkinchi muammo yuzasidan aytadiganlarimizga shuki, ovoz berish uchastkasi kotibi
komissiya a'zolari fuqaro R.Yo'ldoshevning holatiga jiddiy e'tibor bermasdan unga
shunchaki doimiy ro'yxatda turadigan joyiga borishini aytishdi xalos.Mening fikri
ojizim bo'yicha ular bu bilan yuqorida ko'rsatilgan qonunning 28-moddasiga amal
qilmasdan harakat qilmoqdalar. .Agarki, fuqaro referendumda qatnashmoqchi ekan,
qonunda ko'rsatilgan holatlardan boshqa har qanday paytda ixtiyoriy ravishda bunday
tadbirlarda ishtirok etishi mumkin. Uning qayerdadir vaqtincha ro'yxatda turib
yashashi unga to'sqinlik qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |