Yil 8-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat


Download 77.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana01.11.2021
Hajmi77.36 Kb.
#170144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq (2)

Uchinchi muammo - R.Yo'ldoshev prokuratura organiga shikoyat qilganligi. 

Prokuratura xodimi ushbu masala sudga tegishli deb shikoyatni rad etganligi. Bunda 

prokuratura xodimi to'g'ri ish tutganmi?                                                          Ta'kidlab 

o'tish joizki, Respublikamizda referendum va saylovlar aniq va shaffof o'tkazilishi 

jarayonini tartibga solish maqsadida "O'zbekiston Respublikasining referendumi 

to'g'risida"gi kabi (yangi tahrirda) qonun hujjatlari joriy etilgan bo'lib, ushbu 

masalaning yechimiga huquqiy nuqtai nazardan to'g'ri yondashish uchun ulardan 

ko'mak olamiz.                                                                                                                            



Birinchi muammoga keladigan bo'lsak,"O'zbekiston Respublikasining referendumi 

to'g'risida"gi qonuni(yangi tahriri)ning 26-moddasida shunday deyilgan: 

"Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda 

mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib 




kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga 

kiritiladi.Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, 

tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi ". Demak, ro'yxat masalasida muammo 

bo'lmasligi kerak to'g'rimi? To'gri. Unda muammo nimada? Muammo ushbu 

moddaning so'nggi bandida joylashgan. E'tibor bering: "Har bir fuqaro ovoz 

beruvchilarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin". Anglashilmovchilikning 

sababi ham shuning ortidan kelib chiqdi. Ma'lumki, ovoz beruvchi fuqarolarning    

ro'yxatlari ovoz berish kuniga o'n kun qolganda referendum o'tkazuvchi uchastka 

komissiyasi ro'yxat bilan tanishish joyi va vaqti to'g'risida fuqarolarni xabardor 

etadi.Bizning holatda fuqaroga tegishli bo'lgan xabarnoma uning doimiy ro'yxatda 

bo'lgan manziliga jo'natilgan va u o'sha yerdagi referendum o'tkazuvchi uchastka 

ro'yxatida bo'lgan. Bunda fuqaroning ism sharifi Uchtepa tumanidagi uchastkadan 

chiqmasligi aniq edi. Xo'sh,endi nima qilish kerak? Bizda bunga ham javob 

bor.Ushbu qonunning 28-moddasiga binoan "O'zbekiston Respublikasining har bir 

fuqarosi ovoz beruvchi fuqarolar ro'yxatidagi xato yoki noaniqlik to'grisida 

referendum o'tkazuvchi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin. Referendum 

o'tkazuvchi uchastka komissiyasi yigirma to'rt soat ichida bunday arizani tekshirib 

chiqishi va xatolarni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari 

ko'rsatilgan holda ma'lumotnoma berishi shart".                                                                                                                               


Download 77.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling